Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %

Universitet kuzatuv kengashi

images/file-1774694845367-336796788.jpg
QAROR VA IJRO: “Farg‘ona davlat universitetida Kuzatuv kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi”
Bugun Farg'ona davlat universitetida Kuzatuv Kengashining joriy yildagi 1-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish kun tartibidan: univеrsitеtning 2023-yil uchun mo'ljallangan biznеs-rеjasida bеlgilangan daromadlar va xarajatlar paramеtrlari ijrosi hamda 2024 yilga mo'ljallangan biznеs rеjasi, Univеrsitеt tashkiliy tuzilmasiga o'zgartirish kiritish, 2024-yil uchun to'lov-kontrakt mablag'lari va byudjеtdan tashqari mablag'lar hisobidan shakllantiriladigan shtatlar jadvalini tasdiqlash, xalqaro ta'lim maydonidagi imidjni yanada yaxshilash, xorijiy abituriеnt va talabalarni univеrsitеt ta'lim xizmatlaridan foydalanishga kеng jalb qilishga oid Nizom va dasturlarni tasdiqlash kabi muhim masalalar o'rin oldi.
28-Mart/2026-yil
6
images/file-1774695145119-351075708.jpg
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KUZATUV KENGASHI YIG'ILISHI
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari belgilab berilgan. Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilib, tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, Kuzatuv kengashining tarkibi tizimida oliy ta’lim muassasasi mavjud tegishli vazirlik (idora) tomonidan tasdiqlanishi, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasasi rektori Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi, Kuzatuv kengashi o‘z vakolatlarini oliy ta’lim muassasasi kengashiga topshirishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashiga kiruvchi vakolatlarni o‘z zimmasiga olishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Aynan ushbu Qaror asosida bugun Farg‘ona davlat universitetida Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari, Kuzatuv Kengashi raisi Karimov Komiljon Hamidovich onlayn tarzda ishtirok etar ekan, o‘z kirish so‘zida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda "Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Qarorlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidagi Farg‘ona davlat universitetining Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom va uning ish rejasini tasdiqlash, Kengash reglamenti, uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibini tasdiqlash masalalari Kuzatuv Kengashi raisi Komiljon Karimov tomonidan Kengash a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Farg‘ona davlat universiteti Kuzatuv Kengashi a’zolari diqqat- e’tiborida bo‘lgan bir qator muhim masalalar - oliygoh biznes rejasi, daromad va harajatlar parametrlari to‘grisidagi, tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali to‘g‘risidagi hamda boshqa tashkiliy masalalar qizg‘in muhokamadan o‘tkazildi.
28-Mart/2026-yil
1
images/file-1774695543717-58132689.jpg
FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA KUZATUV KENGASHI YIG'ILISHI
Farg’ona davlat universitetida Kuzatuv Kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig’ilish kun tartibidan joy olgan masalalar: Universitet rahbar va hodimlari hamda professor-o’qituvchilari faoliyati, uning samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibini tasqdiqlash; Universitetning besh yilga mo’ljallangan uzoq muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash; Talim yo’nalishlari, mutahassisliklar hamda ixtisosliklar bo’yicha to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul parametrlarini belgilash, mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi talim yo’nalishlari va mutahassisliklarini ochish, talim tili hamda talim olish shaklini belgilash; Oliygohning byujetdan tashqari rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan foydalanish tartibini, shu jumladan, harajatlarning taqsimlash ulushini belgilash masalalari. Mazkur Kuzatuv kengashi yig'ilishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Xamidovich raisligida bo'lib o'tdi. Yig'ilishda kengash a'zolari tomonidan universitetning 2022-yilga mo’ljallangan strategik rejasi, daromadlar va harajatlar smetasiga o’zgartirish kiritish, talim xizmatlari bozoridagi talablar asosida O’zbekiston va xorijiy davlat fuqarolarini to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatini hamda talabalarning to’lov-kontrakt mablag’larini to’lash muddatlarini belgilash va uzaytirish tartibini tasdiqlash, rahbar hodimlar oylik ish haqiga qo'shimcha ustamalar belgilash, Kuzatuv Kengashining ayrim vakolatlarini universitet Kengashiga o’tkazish, Kuzatuv kengashi tarkibiga o’zgartirishlar kiritish kabi masalalar ham ko'rib chiqildi. Pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartib ishlab chiqish bo’yicha ishchi guruh tarkibini tasdiqlash, Oliy talimdan keyingi talim instituti faoliyatini takomillashtirish masalalari ham kun tartibida atroflicha muhokama etildi.
28-Mart/2026-yil
1