Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Tabiiy fanlar fakulteti universitetning klassik fakultetlaridan bo‘lib, 1930-yilda tashkil topgan. Fakultetda shu kunga qadar xalq xo‘jaligi uchun minglab biolog, kimyogar, geograf, ekolog mutaxassislar, hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun oliy ma’lumotli o‘qituvchilar tayyorlandi. Bu yillar davomida fakultetda o‘z sohasining yetuk mutaxassislari O‘zbekiston FA akademiklari A.M.Muhammadiyev, K.Z.Zokirov, A.Muzaffarov, prоfessоrlar - S.Sahobiddinov, A.A.Muhammadiyev, M.H.Ahmedоv, A.M.Mahmedоv, A.Qоdirоv, A.Mahsudоv, Y.Parpiyev, S.Mahsudov, A.Leonov, S.B.Averensov, T.X.Xudoyberdiyev, X.M.Qurbonovlar uzoq yillar davomida yosh avlodni tarbiyalash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shganlar.

2015-2025 yillarda fakultetni bakalavriat bosqichini “Kimyo o‘qitish metodikasi”, “Biologiya o‘qitish metodikasi”, “Kimyo”, “Biologiya”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Kasb ta’limi: ekologiya”, “Geografiya”, “Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligi”, “Tuproqshunoslik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha jami 11 528 nafar (shundan 2405 nafar davlat granti, 9123 nafari to‘lov kontrakt asosida, 7623 nafari qizlar) bakalavrlar, magistratura bosqichini “Biologiya (zoologiya)”, “Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)”, “Materiallar va moddalar kimyosi (organik moddalar bo‘yicha)”, “Tuproqshunoslik”, “Ixtiologiya va gidrobiologiya”, “Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha)”, “Ekologiya”, “Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)”, “Biotexnologiya”, “Eksperimental agrokimyo” mutaxassisliklari bo‘yicha jami 931 nafar (shundan 378 nafar davlat granti, 553 nafar to‘lov kontrakt, 522 nafar qizlar) magistrlar tamomladi.

Shu yillar davomida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 26 ta darslik, 57 ta monografiya, 122 ta o‘quv qo‘llanma, 112 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hamda 4 ta elektron darslik yaratildi.

So‘nggi o‘n yillikda fakultet olimlari va tadqiqotchilar tomonidan xorijiy nashrlarda 1340 ta, jumladan, Scopus bazasida indeksatsiyalanuvchi jurnallarda 55 ta, Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan e’tirof etilgan respublika ilmiy jurnallarida 1635 ta maqolalar e’lon qilindi. Bundan tashqari fakultetda 10 ga yaqin xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.

Fakultetning xalqaro hamkorlik ishlari doirasida Italiyaning Modena va Reggio Emilia universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universiteti, Xo‘jand davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Turkiyaning Pamukkale davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Pokiston Islomobod Quaid-i-Azam universiteti, Jalolobod davlat universiteti, Osh davlat universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Nyu-York universiteti, Ukraina bioresurslar va tabiatdan foydalanish Milliy universiteti, Xitoyning Nanking o‘rmon xo‘jaligi universiteti, Germaniyaning Evolyutsiya va bioxilma-xillikni o‘rganuvchi Leybnits instituti, Surgut davlat universiteti, Texas texnologiya universiteti va Belorussiya texnologiya universitetlarining 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilari tomonidan fakultet yo‘nalishlari talabalariga dars mashg‘ulotlari olib borilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilarining 15 nafari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universiteti, Vengriya Qishloq xoʻjaligi va hayotiy fanlar universitetida dars mashg‘ulotlari olib borganlar. 3 nafari Chexiya Respublikasining Karlov universiteti, Slovakiya Respublikasining Pavol Jozef Šafárik universiteti hamda Germaniya Federativ Respublikasining Leypsig universitetlarida seminar-treninglarda ishtirok etishgan bo‘lsa, 10 nafari Abay nomidagi qozoq milliy pedagogika universiteti, Qozon federal universiteti hamda M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetlarida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.

Bugungi kunda fakultetda 85 nafar professor-o‘qituvchilar va 20 ga yaqin o‘quv yordamchi laborant texnik xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilardan 9 nafari fan doktori, professorlar: A.Ibragimov, Y.Ahmadaliyev, M.Axmadaliyev, M.Nishonov, I.Zokirov, O.Abdug‘aniyev, M.Ismoilov, I.Jalolov, M.Shermatov 54 nafar yetakchi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), dotsentlar samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Fakultetda o‘quv-uslubiy ishlarni talab darajasida tashkillash, talabalarni yetuk mutaxassis bo’lib tayyorlashda, ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada yo’lga qo’yish borasida sidqidildan mehnat qilgan, jamoaga rahbarlik qilgan fakultet dekanlari - X.Saydaliyev (1958-1963), M.G’оyipоv (1963-1968), N.To’ychiyev (1968-1974), A.A.Muhammadiyev (1974-1975), A.M.Mamajоnоv (1975-1976), X.Xikmatоv (1977-1986), Y.Sultоnоv (1986-1987), T.Xudоyberdiyev (1988-1991), О.Umarоv (1991-1997), G‘.Yuldashev (1997-1998), M.H.Ahmedоv (1998-2000), V.Mahmudоv (2001-2005), V.Karimоv (2005-2011), I.Zokirov (2011-2014, 2021), Sh.Mamajonov (2014-2021), P.Otaqulov (2021-2022), K.Asqarovlar
(2022-2024) faoliyat yuritganlar.

2024-yil 26-avgustdan buyon fakultetga yana dotsent Mamajonov Shuxratjon Askarovich rahbarlik qilmоqda.

2024-2025 o‘quv yilida fakultetda “Biologiya”, “Kimyo”, “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi”, “Geografiya”, yo‘nalishlarida bakalavrlar (1147 nafar) hamda “Biologiya”, “Biotexnologiya”, “Kimyo”, “Ekologiya” va “Geografiya” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar (91 nafar) tayyorlanmoqda.

Fakultetda faoliyat yuritayotgan Ilmiy Kengashlar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2017-yil 27-iyundagi qaroriga muvofiq Kimyo kafedrasi qoshida PhD.03/30.12.2019.K.05.01 – raqamli ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat yuritmoqda
(02.00.09 –Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo). Bugungi kunga qadar ixtisoslashtirilgan kengashda 50 ga yaqin doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2021-yil 30-iyundagi qaroriga muvofiq Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi qoshida PhD.03/30.06.2021.B.05.06 – raqamli ixtisoslashtirilgan kengash faoliyat yuritmoqda (03.00.06 –Zoologiya). Bugungi kunga qadar ixtisoslashtirilgan kengashda 10 ta doktorlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

KAFEDRALAR: