Ekran o‘lchami:
Shrift o‘lchami:


juma 14:00-17:00

Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
Murabbiylar ko`chasi, 19-uy, 2-bino.
Telefon: (+99873) 244-44-05.
E-mail: fdupedagogika@umail.uz
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT
Pedagogika fakulteti 1998-yilda pedagogika va madaniyat nomi bilan tashkil topgan. Unda boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi, ijtimoiy madaniyat, musiqiy ta’lim va xalq ijodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.
1998-2003 yillarda fakultet dekani lavozimida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdurahmon Qozokovich Nizomov faoliyat ko‘rsatdi.
2004-yili pedagogika va madaniyat fakultetidan ajralgan holda pedagogika mustaqil fakultet maqomiga ega bo‘ldi. Fakultetga pedagogika fanlar nomzodi, dotsent B.Siddiqov dekan etib tayinlandi. Fakultet tarkibida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishi, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi hamda milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.
2014-2015 o‘quv yili Pedagogika fakulteti dekani vazifasini tarix fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Madaminovich Yuldashev boshqargan.
2015-2016 o‘quv yilidan 2021-2022 o’quv yili fevral oyigacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Siddiqov fakultet dekani sifatida faoliyat olib bordi.
2022-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maqsudov Ulugbek Qurbonovich fakultet dekani sifatida faoliyatini davom ettirgan.
2022-2024-yillarda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Baydjanov Begzod Xayitboyevich dekan lavozimida faoliyat olib bordi.
2024-yilda pedagogika fanlari doktori, professor Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbayevna fakultet dekani sifatida faoliyat olib bordi.
Hozirgi kunda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Baydjanov Begzod Xayitboyevich dekan lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ayni kunda fakultetda pedagogika, psixologiya, boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, musiqiy ta’lim va madaniyat, vokal va cholg‘u ijrochiligi hamda tasviriy san’at kafedralari faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda fakultetda 5399 nafar talaba tahsil oladi.
Fakultetda 5A110901-“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, 5A210200-“Psixologiya”, 5A111801 -“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)”, 5A5111700-“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)” mutaxissisliklari bo‘yicha magistratura bosqichi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi davlat stependiyasi sovrindorlari 4 nafar, respublika fan olimpiyadasi g‘oliblari 3 nafar, ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiya sohibi 4 nafar talabani tashkil etadi.
Psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Xalimaxon G‘aniyeva 2017-yil “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovida “Mutaxassislik bo‘yicha eng yaxshi pedagog” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
KAFEDRALAR:

Kafedra haqida
Psixologiya kafedrasi dastlab Farg‘ona davlat universitetining pedagogika kafedrasida 1976-yilda ajralib chiqqan va tashkil etilgan yangi kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dosent A.Saydullayev boshqargan. 1991-yildan ushbu kafedra “Psixologiya va amaliy sotsiologiya” fakulteti tarkibida “Psixolog-o‘qituvchi” mutaxassislarini tayyorlay boshlagan. 1992-yildan 2 ta kafedralar faoliyat ko’rsatgan. Ular - Psixologiya kafedrasi (kafedra mudiri, professor V.M. Karimova 1992-1996) hamda Fakultetlararo psixologiya kafedrasi (kafedra mudiri psixologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Mamajonov 1992-1994; psixologiya fanlari nomzodi J.Zaynobiddinov 1994-1996). 1996-yilda kafedralar qaytadan birlashtirildi. 1996-2013-yillarda dotsentlar M.Atadjanov, M.Abdullajonova, K.Rahimovalar kafedrani boshqarganlar. 2013-2024-yillarda psixologiya kafedrasiga psixologiya fanlari doktori, professor M.T.Isakova rahbarlik qilgan.
Hozirda kafedrani psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.A.Usmonov boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib kafedrada 27 nafar asosiy shtatda, 2 nafar ichki o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda shu jumladan, 1 nafar fan doktori, professor ilmiy unvonli, 13 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 10 nafar dotsentlar, 5 nafar katta o‘qituvchilar, 11 nafar o‘qituvchilar. Asosiy shtatdagi ilmiy saloxiyat 55% tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
60310300 - Psixologiya
60310900 - Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
Magistratura:
70310301 – Psixologiya
Tayanch doktorantura:
19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Psixologiya kafedrasi jamoasi 2022-2025-yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor ilmiy unvoni, 8 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 2 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 9 ta darslik, 17 ta o‘quv qo‘llanma va 14 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 1000 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.

Kafedradaning erishgan yutuqlari
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari:
M.T.Isakova (DSc, 2023 y.),
M.B.Yuldasheva (PhD, 2022 y.)
Sh.Omonov (PhD, 2022 y.)
Sh.Usmonov (PhD, 2023 y.)
F.Soliyev (PhD, 2023 y.)
N.Djuxonova (PhD, 2023 y.)
M.Rajabov (PhD, 2024 y.)
N.Ergasheva (PhD, 2024 y.)
Sh.Mamajonova (PhD, 2025 y.)
Ilmiy unvon olganlar: M.Zakirova (dotsent, 2025 y.) hamda D.Nuraliyeva(dotsent, 2025 y.).
Tojimamatov Jamshid - (Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2022 y.), ilmiy rahbari: X.G’aniyeva
To‘lqinboyeva Mahliyo - (Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2023 y.), ilmiy rahbari: A.Abdullayeva
Sobirova Azizaxon - (Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2024 y.), ilmiy rahbari: N.Alijonov
Solijonova Zulayxo - (Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, 2024 y.), ilmiy rahbari: N.Alijonov
Karimjonova Madinabonu (2024) Xalqaro Yevrosiyo fan olimpiadasida fahrli 1-o‘rin sohibi bo‘ldi va Rossiya Federatsiyasi Lobochov nomidagi davlat universiteti magistratura bosqichida tahsil olishga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sharipova Shukrona (2023) Xalqaro rus tili bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiadada faxrli 2-o‘rin sohibasi.
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Umumiy psixologiya
2.Eksperimental psixologiya
3.Differensial psixologiya
4.Umumiy psixodiagnostika
5.Sotsial psixologiya
6.Psixologiya tarixi
7.Mehnat va muhandislik psixologiyasi
8.Klinik psixologiya
9.Profayling
Magistratura:
1.Salomatlik ijtimoiy psixologiyasi
2.Psixologik testlashtirish
3.Kognitiv psixologiya
4.Xavfsizlik psixologiyasi
5.Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari
6.Neyropsixologiya
Xalqaro hamkorlik
Psixologiya kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.



Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Kafedra Nijnovgorod davlat universiteti, Tomsk davlat universiteti, Ural Federal universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti, O‘sh davlat universiteti, Qirg‘iz–Turk Manas universiteti hamda Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti Toshkent filiali bilan ilmiy-amaliy aloqalarni o‘rnatgan. Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqot olib borilmoqda, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etilmoqda, o‘quv malaka kurslarida qatnashmoqdalar. Hamkorlik jarayonida oliy ta‘lim tizimida o‘zaro tajriba almashish, o‘quv dasturlarini o‘rganish hamda nufuzli reytinglarda top – 300 talikdagi OTM o‘quv dasturlarini ta’lim tizimiga tatbiq etish kafedraning muhim yo‘nalishlariga aylangan.
Universitet rektorining 2024-yil 2-apreldagi 146-k sonli buyrug‘iga asosan Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti Psixologiya instituti direktori, psixologiya fanlar nomzodi, dotsent Maksimova Lyudmila Aleksandrovnaning 60110200 - Psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga “Psixodiagnostika” fanidan 24 soatli dars mashg‘ulotlari 13-17-may kunlari olib bordi. Shuningdek, Psixologiya kafedrasi mudiri Sh.Usmonov, kafedra professori M. Isakova, dotsent M. Zokirova hamda katta o‘qituvchilar F. Soliyev, N. Djuxonova, E. Mirzajonova va L. Abdulkadirovalar 2024-yil 15–19-sentabr kunlari xalqaro QS reytingining (901–950-o'rin universiteti) Qirg‘iziston Respublikasi Qirg‘iz-Turk Manas universitetiga tashrif buyurib ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishdi. Bu tashrif bilan xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanishni boshladi.
2025-yil 29-oktabr kuni Psixologiya kafedrasi professori-o‘qituvchilari - Sh.Usmonov, M.Isakova va E.Mirzajonovalar Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universiteti rektori Maksim Viktorovich Demin bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Uchrashuv davomida ilmiy istiqboldagi hamkorlik rejalari hamda amaliy yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Farg‘ona davlat universiteti rektori nomidan universitet rahbariyatiga ramziy sovg‘alar topshirildi. Suhbat chog‘ida ikki oliy taʼlim dasturlari, ilmiy-tadqiqot va oʻquv jarayonlarida tajriba almashish, talabalar dasturlarini amalga oshirish hamda bakalavr va magistratura yoʻnalishlarida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikka erishildi.
Professor-o‘qituvchilari tarkibi:
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlari


Pedagogika kafedrasi Farg‘ona davlat universitetining eng qadimiy va nufuzli kafedralaridan biri hisoblanadi. U 1930-yildan buyon pedagogika kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.Kafedra tashkil etilgan dastlabki yillardan boshlab samarali mehnat qilgan taniqli olimlar, pedagogika fanlari doktori, professor S.P.Deyneka, A.V.Lokkov, N.I.Kornilov, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.K.Pislegin, A.G.Vakyatsion, N.S.Golyaxovskaya, V.K.Shoblinalarning faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab kafedraga quyidagi olimlar rahbarlik qilganlar: p.f.n., dotsent B.I.Fozilova (1991-2000-yy), p.f.n., dotsent A.Q.Nizomov (2000-200-yy), p.f.n., dotsent B.S.Siddiqov (2001-2002-yy), p.f.d., dotsent N.S.Temirov (2002-2006-yy), p.f.n., dotsent N.M.O‘rinova (2006-2007), p.f.n., dotsent X.Abdullaev (2008-2010-yy), p.f.n., dotsent N.M.O‘rinova (2010-2018-yy). 2018-2025 yil dekabr oyiga qadar kafedrani pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor I.I.To‘ychiyeva boshqarib keldi.2025-yil 4-dekabrdan pedagogika kafedrasiga p.f.n, professor B.Siddiqov raxbarlik qilib kelmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar:
Bakalavr
þ5110900 – “Pedagogika va psixologiya”(2018-2025 yilgacha)
þ60110100 – “Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi) (2022 yildan buyon
Magistratura:
þ70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi
Ilmiy darajalar:
þ13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi,
þ13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari
Hozirda kafedrada:
þ1 ta Tayanch doktorant
þ1 taMustaqil izlanuvchi lar ilmiy izlanish olib bormoqda
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Pedagogika” kafedrasi jamoasi 2020-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 2 nafar professor ilmiy unvoni, 8 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 5 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 24 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma va 23 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 850 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Pedagogika kafedrasi quyidagi universitetlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi:
þRossiya Federatsiyasi Boltiq xalqaro biznes maktabi,
þQozon federal universiteti,
þAbay nomidagi Qozoqiston milliy pedagogika universiteti,
þQozoq milliy agrar universiteti,
þQirg‘iziston Respublikasi Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika instituti,
þHindistonning Javoharlar Neru universiteti
Professor-o‘qituvchilari tomonidan erishilgan yutuqlar:
2020-yilda pedagogika kafedrasi mudiri Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2020-2025 yillar yillarda pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar.Jumladan
Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna (2020)
Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovich(2021)
Djalalov Baxromjon Begmurzayevichlar(2021);
Baydjanov Bekzod Xaitboyevich (2022)
Marayimova Kibriyo Islomjon qizi, (2022)
Abdullayev Sobirjon Sohibjon o‘g‘li, (2023)
Rafikova Dilafruz Kahhoraliyevna, (2023)
Aripov Shokirjon Olimovichlar, (2023)
Ibragimova Shaxloxon Oyturaxonovna, (2024)
Yo‘ldasheva Dilfuzaxon Alisher qizi (2024),
Saydullayeva Aziza Raximovnalar (2024)
HamrayevaOynisa Farxod qizi (2024)
Oxunova Dilnoza Qoxxorjonovna (2025)
Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘li(2025)
Mehmonaliyev Shodibek Navfal o‘g‘li(2025)
2023-yilda kafedra katta o‘qituvchilari Baydjanov Bekzod Xaitboyevich, Maqsudov Ulug‘bek Qurbonovichlar dotsent ilmiy unvonini, 2025-yilda kafedra mudiri Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna, O‘rinova Nilufar Muhammadovna professor, Marayimova Kibriyo Islomjon qizi dotsent ilmiy unvonini olishga erishdi.
Talabalar tomonidan erishilgan yutuqlar:
Pedagogika yo‘nalishida 2017-2025 yillarda yutiqqa erishgan talabalar.
2017-2024 yillarda 1 nafar talaba davlat mukofoti, 1 nafar talaba Respublika tanlovi g‘olibi, 7 nafar talaba nomdor davlat stipendiyasi, 1 nafar talaba fan olimpiadasi g‘olibi va 2 nafar talaba universitet stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Jumladan:
2017-yilda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Qurbonova Mushtariybegim Baxtiyorjon qizi “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti;
2019-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ismoilova Zilola Rustamxo‘ja qizi “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzusidagi Respublika insholar tanloviga g‘oliblikni;
2022 yilda Pedagogika kafedrasi magistranti Hokimjonova Maftuna “Yilning eng yahshi tarbiyachisi - 2022” Respublika kabiy-ko‘rik tanlovi sovrindori;
2022-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ergasheva Zarnigorxon To‘xtamurod qizi “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi;
2022-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ismoilova Zilola Rustamxo‘ja qizi “Pedagogika” bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida 2-o‘rinni egallagan;
2023-yilda “Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Muhammadjonova O‘g‘iloy-Nigora Baxodirjon qizi “Akademik Siddiq Rajabov” nomidagi, “Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Muydinova Durdona Qahramon qizi “Rektor” nomidagi universitet stipendiyasi sovrindori bo‘lgan;
2023-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sotvoldiyeva Orzigul Ma’rufjon qiz hamda 4-bosqich talabasi Egamberdiyev Oyatillox Alisher o‘g‘li “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi;
2023-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Ergasheva Gulnoraxon Oltiboy qizi “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi;
2024-yilda “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Hakimova Sarvinoz Sharifjon qizi hamda “Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari Saidumarova Zarnigor Farxodjon qizi, Muhammadjonova O‘g‘iloy-Nigora Baxodirjon qizi “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
2026-yilda “Pedagogika” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Saidumarova Zarnigor Farxodjon qizi prezident stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Fakultetda tashkil etilgan taniqli olimlar ilmiy faolyatiga bahishlab tashkil etilgan auditoriyalar haqida ma’lumot.
“Mehnat shuxrati” ordeni sohibi, pedagogika fanlari doktori, professor Egamberdiyeva Turg‘unoy Axmedjanovna, xonasi yosh pedagoglar, magistrantlar va talabalar uchun ibrat maktabi sifatida tashkil etildi.(2024)
Xalqaro hamkorlik doirasida Belarus xalq shoiri Yakub Kolas xonasi tashkil etildi. (2025-yilda)
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
2.Pedagogika nazariyasi va tarixi
3.Milliy tarbiya asoslari
4.Mutaxassislikka kirish
5.Ijtimoiy pedagogika
6.Oila pedagogikasi
7.Pedagogika fani metodologiyasi
8.Xalq pedagogikasi
9.Yunogogika
10. Inklyuziv talim.Gospital pedagogika
11. Ta’lim menejmenti
12. Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi
13. Tyutorlik faoliyati asoslari
14. Pedagogik maxorat
15. Pedagogik aksiologiya
16. Tarbiyaviy faoliyat diagnostikasi va korreksiyasi
17. Kompravistik pedagogika
18. Pedagogik maxorat
19. Muzey pedagogikasi
20. Pedagogik konfliktologiya
21. Kreativ pedagogika
1.Pedagogik menejment
2.Pedagogikaning progmatik aspektlari
3.Tyutorlik faoliyati asoslari
4.Tadqiqiy pedagogika
5.Neyropedagogika
6.Pedagogik diagnostika va korreksiya
7.Oliy maktab pedagogikasi
8.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat
9.Innovatsion pedagogik faoliyatni tashkil etish
10. Pedagogik fikrlar tarakkiyoti
þ13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi,
þ13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari
2019-2020-o‘quv yilidan boshlab kafedra har o‘quv yilida kamida 1 nafardanxorijiy hamkor OTMlarning mutaxassislari universitetga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun taklif etilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilaridan p.f.n., professor v.b. N.M.O‘rinova 2022-yil 14-19-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universitetida o‘tkazilgan III Qozon lingvistika sammitida qatnashib, mazkur oliygoh talabalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazgan.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.X.Baydjanov 2023-yil 27-29-noyabr kunlari Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti talabalari bilan mashg‘ulotlar olib borgan;
Kafedra professori p.f.n., N.M.O‘rinova, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent U.Q.Maqsudovlar 2024-yil 24-31noyabr kunlari Hindiston davlatining Javoharlar Neru universitetida o‘tkaziladigan Xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiyada ishtirok etib, ushbu universitet talabalariga ma’ruza mashg‘ulotlari olib borgan.
Shu bilan birga, kafedra professor o‘qituvchilari TOP-1000 talikka kirgan xalqaro oliy ta’lim muassasalarida onlayn va offlayn malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib kelishmoqda. Jumladan,
Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.b.f.d. (PhD) Sh.O.Ibragimova va katta o‘qituvchisi D.S.Zokirovalar 2023-yil 19-aprel – 19-may kunlari Qozoq milliy agrar universitetida,
Pedagogika kafedrasi dotsenti p.f.b.f.d. (PhD), U.Q.Maqsudov 2023-yil 17-noyabr – 17-dekabr kunlari Qozon federal universitetida malaka oshirib qaytgan.
Kafedra mudiri, p.f.b.f.d. (PhD), dotsent I.I.Tuychiyeva va kafedra dotsenti, p.f.b.f.d (PhD) B.X.Baydjanovlar 2023-yil 19-iyun – 19-iyul kunlari Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universitetida onlayn malaka oshirishdan o‘tgan.
Yuqori malakali xorijiy olimlarni ta'lim va ilmiy tadqiqot jarayoniga keng jalb qilish maqsadida Farg'ona davlat universitetiga pedagogika kafedrasi taklifiga asosan, 2024-yilning 20-25-oktabr kunlari Qirg'iziston Respublikasining Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutining pedagogika fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, professor Borkoshev Merajidin Mamatkulovich tashrif buyurdi. ProfessorM.Borkoshev pedagogika yo‘nalishi 4-kurs talabalariga “Pedagogik mahorat” fanidan ma’ruza va seminar mashgʻulotlarini olib bordi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutining 2024-yil 14-oktabrdagi 326-sonli xatiga asosan 2024-yilning 20-oktabr kunidan 2024-yilning 20-noyabr kuniga qadar ilovadagi 10 nafar 3-kurs pedagogika fakultetitalabalariga Farg’ona davlat universitetida tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha dars mashg‘ulotlariga qatnashishdi.
Pedagogika kafedrasining xalqaro aloqalar faoliyati qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2025-2026-yilda quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
Qirg'iziston RespublikasiningBatkent davlat universiteti M.Tairov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika instituti hamda Farg‘ona davlat pedagogika kafedrasi kelgusidagi hamkorlik ishlari va istiqboldagi rejalarni ijrosibo‘yicha 2025-2026 o‘quv yili davomida tajribali o‘qituvchilar yuborilishi, pedagogika yo‘nalishi talabalarining almashinuvi ustida ishlar olib borilmoqda.
O‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy olimlar:
Kafedrada 5 ta xorijiy ta’lim muassasalari bilan shartnomalari asosida hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar
Pedagogika kafedrasining 2019-2020 o‘quv yilida o‘zaro harakatlar rejasiga asosan 2019 yil 6-20-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Boltiq Xalqaro biznes maktabidan p.f.d. P.P. Yashenko Farg‘ona davlat universiteti pedagogika kafedrasiga tashrif buyurdi.
Pedagogika kafedrasining 2020-2021 o‘quv yilida o‘zaro harakatlar rejasiga asosan 2020 yilning noyabr – dekabr oylarida Rossiya Federatsiyasi Boltiq Xalqaro biznes maktabi p.f.d. P.P. Yashenko Farg‘ona davlat universiteti pedagogika kafedrasida pedagogika-psixologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanidan 22 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini onlayn ZOOM dasturi orqali o‘tkazdi.
Pedagogika kafedrasining 2021-2022 o‘quv yilida 14-21 dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Kazan (Privoljskiy) federal universiteti filiali “Yelabuga instituti” Pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.n Talisheva Irina Anatolyevna pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga «Pedagogik konfliktologiya» fanidan 24 soat ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.
Pedagogika kafedrasining 2022 yil 14 noyabrdan 18 noyabrgacha bo‘lgan muddatda Rossiya Federatsiyasi Kazan (Privoljskiy) federal universiteti filiali “Yellabuga instituti” Pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.n Axtariyeva Raziya Fayziyevna psixologiya yo‘nalishi 3-kurs talabalariga «Obshaya pedagogika» fanidan 12 soat ma’ruza, 8 soat seminar mashg‘ulotlari jami 20 soat mashg‘ulot o‘tkazdi.
Pedagogika kafedrasining 2023-yil 24-sentabrdan 30-sentabrgacha bo‘lgan muddatda Qozog‘iston Respublikasi Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti IT-texnologiyalar va avtomatlashtirish kafedrasi mudiri, p.f.n, dotsent Amanbayeva Elmira Amangeldiyevna pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga «Pedagogik mahorat» fanidan 8 soat ma’ruza, 12 soat seminar mashg‘ulot o‘tkazdi.
2024-yilning 20–25-oktabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika institutining pedagogika fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, professor Borkoshev Merajidin Mamatkulovich tomonidan 60110100 – pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalariga “Pedagogik mahorat” fanidan 20 soat hajmda ma’ruza va seminar mashgʻulotlari o‘tkazdi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, so‘ngi o‘n yillikda kafedra an’anaviy tarzda Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Quyida ular nomma-nom keltirib o‘tilgan:
2016-yil 15-mart kuni “Yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning korporativ hamkorligi; muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga;
2018-yil 20-21-aprel kunlari “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish strategiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga;
2020-yil 23-iyun kuni “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish; muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumaniga;
2022-yil 25-noyabr kuni “Uzluksiz ta’limni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuv: xorijiy tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumaniga;
2023-yil 30-sentabr kuni “Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida malakali kadrlarni tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga;
2024-yil 25-oktabr kuni “Uzluksiz ta’limni modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuv: xorijiy tajriba, muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qildi.
Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:
Kafedra tomonidan shu kunga qadar 6 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bular,
þRossiya Federatsiyasi Boltiq xalqaro biznes maktabi,
þQozon federal universiteti,
þAbay nomidagi Qozoqiston milliy pedagogika universiteti,
þQozoq milliy agrar universiteti,
þQirg‘iziston Respublikasi Batken davlat universiteti M.Tayirov nomidagi Qizil-qiya gumanitar-pedagogika instituti,
þHindistonning Javoharlar Neru universiteti.
Mahalliy hamkorlar:
þT.N.Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institute
þToshkent davlat pedagogika instituti
þXalq ta’limi muassasalari
Hamkorlik yo‘nalishlari:
þIlmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
þTalaba va ilmiy izlanuvchilar faoliyati
PEDAGOGIKA KAFEDRASIDA BUGUNGI KUNDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:
Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi

juma 15:00 - 17:00


Mahalliy hamkorlar:
Namangan davlat universiteti
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Ilmiy seminar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talabalar va tadqiqotchilar almashinuvi
Scopus va Web of Scienceda indekslangan ilmiy nashrlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Kafedra mudiri: Djalalov Baxromjon Begmurzayevich
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
1989-yil 4-yanvarda Qirg‘iziston Respublikasi O‘zgan shahrida tug‘ilgan.
Ish telefoni: (+99873) 244-43-51
Uyali aloqa telefoni: +998 90 290-62-29
E-mail: b_djalalov1989@mail.ru
Qabul kuni: Seshanba 15:00 - 17:00
Maktabgacha ta’lim kafedrasi universitetning 2018-yil 15-avgustdagi 708-sonli buyrug‘iga asosan f.f.n., dotsent D.Yuldasheva mudirligida tashkil etilgan.
2021-2025-yillarda kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) I.Soliyev rahbarlik qilgan.
Bugungi kunda kafedraga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent B.Djalalov rahbarlik qilmoqda.
Maktabgacha ta’lim kafedrasida Jami 16 nafar professor-o‘qituvchi: shundan 1 nafar fan doktori (DSc), 8 nafari falsafa doktori (PhD) 7 nafar o‘qituvchilar, 1 ta kabinet mudiridan iborat.
Kafedra haqida
Maktabgacha ta’lim kafedrasi dastlab Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2018 - yil 15-avgust 708-K buyrug‘iga asosan maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti qoshida Maktabgacha ta’lim kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori D.Yuldasheva kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 16 ta asosiy shtatda professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ilmiy salohiyat 56,25% etgan. 60110200 – “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat, 70110201–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
60110200 –“Maktabgacha ta’lim”
Magistratura:
70110201–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)”
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi jamoasi 2018-2025-yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar fanlar doktori (DSc), 8 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 4 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari maktabgacha ta’lim pedagogikasi va metodikasining dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Kafedra a’zolari tomonidan so‘nggi yillarda turli o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar va ilmiy maqolalar chop etilgan. Jumladan, kafedra professori D.Yuldasheva filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lib, maktabgacha ta’lim sohasida yirik ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Kafedraning yosh tadqiqotchilari ham ilmiy izlanishlari natijasida ilmiy darajalarni qo‘lga kiritmoqdalar – masalan, 2024-yil dekabr oyida kafedra o‘qituvchisi Dilnavoz Tursunova 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar qilishadi; 2020-yilda 2025-yilda kafedra professor-o‘qituvchilari B.Djalalov, M.E.Xallokova va O.N.Fozilovalar dotsent ilmiy unvoni diplomlari bilan taqdirlandi.
Farg‘ona davlat universitetida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilgan bo‘lib, unda kafedra olimlari faol qatnashgan. Shuningdek, universitet miqyosida e’lon qilingan ilmiy grant loyihalarida kafedra tadqiqotchilari ham qatnashib, maktabgacha ta’limning innovatsion muammolariga doir loyihalarni amalga oshirishga hissa qo‘shmoqdalar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 10 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.

Kafedraning erishgan yutuqlari
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari:
Asqarova D.I (PhD 2025 y.)
Mamurova M.M (PhD 2025 y.)
Tursunova D.T (PhD 2024 y.)
Ilmiy unvon olganlar:
Djalalov B.B (dotsent, 2025 y.)
Xallokova M.E (dotsent 2025 y.)
Fozilova O.N (dotsent 2025 y.)
Z.Topvoldiyeva va I.Soliyev rahbarligida 2 nafar iqtidorli talabalar Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Keyingi yillarda kafedrada soha buyurtmachilari bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilgani bois, maxsus pedagogika yo‘nalishlari tashkillandi. Joriy yilga qadar 6 ta darslik, 11 ta o‘quv qo‘llanma, 16 ta monografiya, 17 ta mualliflik guvohnomasini olishga erishildi.“Rainbow academy” innovatsion SMART texnologiyalari asosidagi “STEAM bog‘cha tashkil etish” startap loyihasida F.O‘rinova va D.Yuldashevalar faoliyat yuritdilar.
Hozirda maktabgacha ta’lim kafedrasida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogikasi.
2.Rivojlanturuvchi markazlarni tashkil etish texnologiyasi.
3.Bolalarning ijtimoiy moslashuvi.
4.Umumiy pedagogika.
5.Maktabgacha ta’limda matematik o‘yinlarni tashkil etish.
6.Bolalar adabiyoti va folklori.
7.Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish.
8.Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligi.
9.Neyropedagogika.
10.Maktabgacha ta’limda ish hujjatlari bilan ishlash.
Magistratura:
1.Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish.
2.Kasbiy faoliyat pedagogikasi.
3.Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari.
4.Pedagogik akmeologiya.
Xalqaro hamkorlik
Maktabgacha ta’lim kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro hamkorlik va professor-o‘qituvchilar almashinuvi:
Kafedra xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Rossiya Federatsiyasi Ural davlat pedagogika universiteti hamda Chernishevskiy nomidagi Saratov milliy tadqiqot universiteti, Gumilov nomidagi Yevroosiya milliy universiteti, Batken davlat universitetlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolangan.
Shartnomaga muvofiq, bir necha yillardan buyon mazkur oliy ta’lim muassasalarining yetakchi professor-o‘qituvchilari maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun jalb qilinmoqda.
Mazkur hamkorlik xalqaro ilmiy-ta’limiy almashinuvni rivojlantirish, pedagogik tajribalarni boyitish hamda talabalar bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Mahalliy hamkorlar:
Andijon davlat pedagogika instituti
Namangan davlat pedagogika instituti
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Qo‘qon davlat universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlari

VOKAL VA CHOLG‘U IJROCHILIGI KAFEDRASI

Kafedra haqida
Farg‘ona davlat universitetida raqobarbardosh kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yangi tashkil etilgan yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqib, kafedralar nomlarining ta’lim yo‘nalishlarini va o‘quv yuklamalari mazmuniga mosligini ta’minlash, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28-apreldagi “Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari kafedralari faoliyatini tashkil etish hamda kafedra mudirlari faoliyatini baholab borish tartibini tasdiqlash haqida”gi 267-sonli buyrug ‘u bilan tasdiqlangan Nizom talablarini inobatga olib, Universitet Kengashining 2021 yil 30-iyundagi 9-sonli yig‘ilish Qaroriga muvofiq, Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021-yil oktabr oyida tasdiqlangan universitet tashkiliy tuzilmasi va fakultetllar tuzilmasini amaliyotga joriy etish maqsadida, universitet Kengashining 2021-yil 2-noyabrdagi 3 –yig‘ilishi qaroriga asoslanib Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi tashkil etildi.
Ushbu kafedra Musiqiy ta’lim kafedrasidan ajralib chiqib, alohida kafedra sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sultonali Mannopov kafedraga rahbarlik qildi. 2024-yil 31-yanvarda tanlov asosida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori, PhD Murodova Durdona Rayimjon qizi kafedra mudiri etib tayyinlandi.
2025 yil aprel oyidan buyon Abdisattorov Abdijalil kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasi Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakultetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni, xamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
Kunduzgi ta’lim: 1-4-kurs 60211400-Vokal san’ati,
60211500-Cholg‘u ijrochiligi.
Magistratura mavjud emas.
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Vokal va cholg ‘u ijrochiligi” kafedrasi jamoasi 2021-2026 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor ilmiy unvoni, 2 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 3 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 13 ta darslik, 25 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
2021-2024 yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 7 monografiya, 3 darslik, 12 o‘quv qo‘llanma, 3 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratildi.
Kafedradaning erishgan yutuqlari
Ilmiy unvon olganlar: Murodova Durdona (dotsent, 2025 y.).
Ilmiy daraja olganlar: Todhaliyev Dilshod (p.f.b.f.d., PhD, 2025 y.)
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Maqom yakka xonandaligi
2.Maqom cholg‘u ijrochiligi
3.Ansambl sinfi
4.Maqom cholg’u ijrochiligida o’qitish uslubiyoti
5.Qo’shimcha cholg’ularni o’rganish
6.Maktab repertuarini innovatsion tizimlash
7.Jahon musiqasi tarixi
8.O’zbek musiqasi tarixi
9.O’zbek bastakorlik ijodiyoti
10.Xalq musiqa ijodiyoti
11.Solfedjio
12.Maqom solfedjio
13.Garmoniya
14.Musiqa asarlari tahlili
15.Shashmaqom rparda (lad) asoslari
16.Maqom asoslari (maqomlar tahlili)
17.Xalq kuylarini notalashtirish
18.Cholg’ushunoslik
19.Sholg’ulashtirish
20.Fortepiano
21.Maqom turkumidagi g’azallar poetikasi
22.Sahna madaniyati
23.Polifoniya
24.Ovozni yo’lga qo’yish
25.Cholg’u sozlarini o’rganish
26.Maqom xonandaligi uslubiyoti
27.Sharq xalqlari musiqa tarixi
28.Musiqiy pedagogic va psixologiya
29.Sahna nutqi

Xalqaro hamkorlik
2024-yil 15-oktabr kuni Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi va vokal ijrochiligi yo'nalishining 15 nafar talabasidan iborat guruhi va katta o`qituvchisi Achildiyeva Muyassarxon rahbarligida O'sh davlat universitetida bo'lib o'tgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etdi. Tadbir yakunida “Tarona” vokal-cholg'u ansambli konsert dasturi namoyish etildi. Konsert so'ngida M. Achildiyeva, A. Xojimamatov va “Tarona” ansambli talabalari O'sh davlat universiteti rahbariyati sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Mahalliy hamkorlar:
Namangan davlat texnika universiteti
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Musiqiy tadbirlar, kechalar va uchrashuvlar asosidagi tadbirlarni tashkil etish
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Top 1000likka kirgan oliy ta’lim muassaslarida ma’ruza mashg‘ulotlari
Top 1000 talikka kirgan Qozog‘istondagi M.Avezov nomidagi milliy universitetda 2024 yil aprel oyida Murodova Durdona Rayimjon qizi tomonidan “Musiqiy pedagogika va psixologiya” mavzusida onlayn ma’ruza mashg‘ulotlari olib borildi.
O‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy olimlar
Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universiteti dotsenti Boronboyev Ajimamat Yusupovich Vokal ijrochiligi yo‘nalishi talabalariga yuqori saviyada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etdi.
2024-2025 o‘quv yil davomida Qirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetidan,Qirg‘iziston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Mayrambi Shukuraliyeva mahorat darslari uchun jalb etildi.
Xorijiy hamkorlik bo‘yicha
Farg‘ona Davlat universiteti hamda Osh davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, Vokal va cholg‘u ijrochiligi kafedrasining Vokal san’ati yo‘nalishi 3 nafar talabari 2024 yil dekabr oyida kuzgi semestrda akademik almashinuv dasturining bir qismi sifatida Qirg‘iziston respublikasi
2023 yilda Murodova Durdona Rayimjon qizi rahbarligida 21.26 guruh talabasi Yusufjonova Dilfuza Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi
Izoh: Xalqaro bazalardagi profil linki ko’rsatilgan qatorga Scopus, Web of Science (WoS) va Google Scholar bazalaridagi maqolalarning havolalari keltiriladi
Kafedra haqida
“Musiqa ta‘limi” kafedrasiga 1970 yilda asos solingan. Dastlab tarix va geografiya fakulteti tasarrufida musiqa bo‘limi ochilib, unga 25 ta talaba qabul qilingan. 1972 yilda “Musiqa va ashula” kafedrasi tashkil etilgan. 1980 yilda “Musiqa va ashula” fakulteti tashkil etilgandan so‘ng “Musiqa” hamda “Nazariy fanlar uslubiyoti” kafedralari faoliyat ko‘rsatgan. 1991 yildan “O‘zbek madaniyati va san‘ati” yo‘nalishi tarkibida “Musiqa va ashula”, “Tasviriy san‘at va haykaltaroshlik” kafedralari tashkil etildi va Tarix fakulteti tarkibiga kiritildi. 2005 yilda “Musiqa ta‘limi” yo‘nalishi “Madaniyat” kafedrasi tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. Ma‘lum bir fursat oralig‘ida “Musiqa ta‘limi” yo‘nalishiga talabalar qabul qilinmadi. 2007-2012 yillarda Musiqa ta‘limi maxsus sirtqi yo‘nalishi ochilib oz muddat faoliyat ko‘rsatdi, 2017 yilda musiqa yo‘nalishi ochilishi munosabati bilan “Tasviriy san‘at va musiqa” kafedrasi tashkil etilib “Pedagogika va psixologiya”fakulteti tarkibiga qo‘shildi. 2019 yil 25 oktyabrdan Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buyrug‘iga asosan Farg‘ona davlat universiteti rektorining buyrug‘i bilan “San‘atshunoslik” fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan “Musiqiy ta‘lim” kafedrasi faoliyat ko‘rsata boshladi. Kafedrada “Musiqa ta‘limi”, “Vokal san‘ati”, “Cholg‘u ijrochiligi”, “Madaniyat va san‘at muasasalarini tashkil etish hamda boshqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
“Musiqa ta‘limi” kafedrasida turli davrlarda, Saidjon Dadajonov, Bahodirjon Raxmonov, A‘zamjon Umarov, Valijon Xalilov, Zoya Kondratenchko, Esfed Rashidov, Imyaminjon Qirg‘izov, Alijon Hasanov, Tavakkal Qodirov singari ustozlar faoliyat ko‘rsatgan. Kafedrada O‘zbekiston xalq artistlari Sultonali Mannopov, Nuriddin Xaydarov, Ilxomjon Ibrohimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artislar Oxunjon Madaliyev, Adhamjon Soliyev, Solijon Mamatov singari taniqli san‘atkorlar tahsil olishgan. Kafedrada o‘tgan davrlar mobaynida 200 dan ortiq mutaxassis tayyorlandi. 2021 yil nayabr oyidan Fargona davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’lim va madaniyat kafedrasi nomi bilan faoliyat olib borilmoqda.
Hozirda Musiqa ta’lim va madaniyat kafedrasida Shokirov Toxirjon Nurmamatovich rahbarlik qilmoqda.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
Kunduzgi ta’lim 1-2-kurs 60111600-Musiqa ta'limi yo‘nalishi; 3-kurs 60111300-Musiqa ta'limi yo‘nalishi, sirtqi ta’lim 1-2-kurs 60110600 - Musiqa ta'limi yo ‘nalishi, sirtqi 3-4-kurs 60111300- Musiqa ta'limi,
Magistratura:
Magistratura 70110601-musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishlari
“Musiqiqy ta’lim va madaniyat” kafedrasi jamoasi 2025-2026 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor ilmiy unvoni, 4 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 1 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 13 ta darslik, 25 ta o‘quv qo‘llanma va 8 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 300 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Kafedradaning erishgan yutuqlari
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Namozova D.T. (PhD, 2025 y.), Tursunova L.E. (PhD, 2025 y.)
Ilmiy unvon olganlar: Namozova D.T. (dotsent, 2025 y.).
Kafedra fanlari
Bakalavriat:
1.Musiqa nazariyasi. Solfedjio
2.Maktabgacha ta’limda musiqa o‘qitish metodikasi
3.Cholg‘u ijrochiligi
4.An’anaviy xonandalik
5.Garmoniya.Musiqa asarlari tahlili
6.Musiqa o‘qitish metodikasi. Maktab repertuari.
7.Cholg‘u ansambli
8.Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar
9.Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyilahalash
10. Musiqa tarixi
11. Vokal ijrochiligi
Magistratura:
1.Musiqa pedagogikasi
2.Oliy ta'limda musiqa o'qitish metodikasi
3.Musiqiy tarbiyaning tarixiy va etnopedagogik asoslari
4.Musiqiy tarbiyaning nazariy va metodologik asoslari
5.Musiqashunoslik tarixi va nazariyasi
6.Musiqashunoslik va san'atshunoslik asoslari
7.O`zbek milliy cholg`u ijrochiligi mahorati asoslari
8.Orkestr ijrochiligi tahlili
9.Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar boshqaruvi
10. Madaniyat va san`at falsafasi
11. Musiqiy-pedagogik mahorat tahlili asoslari
12. Musiqiy-pedagogik ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi
13. Musiqiy mashg'ulotlarda tajriba sinov ishlarini tashkil etish metodikasi
14. San'at fanlarida tajriba sinov ishlarini tashkil etish nazariyasi va metodikasi
15. Milliy qo‘shiqchilik san’ati tarixi
16. Bastakorlik ijodiyoti asoslari
Xalqaro hamkorlik
2025-yil 15-oktabr kuni Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti musiqa ta'limi va vokal ijrochiligi yo'nalishining 15 nafar talabasidan iborat guruhi va katta o`qituvchisi Achildiyeva Muyassarxon rahbarligida O'sh davlat universitetida bo'lib o'tgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etdi. Tadbir yakunida “Tarona” vokal-cholg'u ansambli konsert dasturi namoyish etildi. Konsert so'ngida M. Achildiyeva, A. Xojimamatov va “Tarona” ansambli talabalari O'sh davlat universiteti rahbariyati sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Mahalliy hamkorlar:
Namangan davlat texnika universiteti
Andijon davlat universiteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Musiqiy tadbirlar, kechalar va uchrashuvlar asosidagi tadbirlarni tashkil etish
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Professor-o‘qituvchilar tarkibi:
Musiqiy ta’lim va madaniyat kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlari

Tasviriy san‘at kafedrasi


“Tasviriy san’at” kafedrasi jamoasi 2022-2023 yillarda samarali natijalarga erishdi. 2022-yil 28-dekabrda kafedra katta o‘qituvchisi Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovna Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) desertatsiyasini himoya qildi.
2025-yil 1-martda kafedra o‘qituvchisi Sulaymonova Sevara Bahodirjon qizi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) desertatsiyasini himoya qildi.
Shu jumladan kafedra katta o‘qituvchisi Djalilova Ro‘zixon Kazakovna dotsentlik unvoniga sazovor bo‘ldi.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yil davomida 13 ta darslik, 25 ta o‘quv qo‘llanma, 10 dan ortiq monografiya, xalqaro «Web of Science», «Scopus» jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, respublika va xalqaro miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Bakalavriat ta'lim yo‘nlishi fanlari:
Xalqaro hamkorlik
Kafedrada xalqaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib shu kunga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi:
2022-yil may oyida o‘qituvchilar B.Qurbonova va A.Ma'murov, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universietida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida qatnashdi, ma'ruza, amaliy mashg‘ulot va mahorat darslari olib bordilar.
2023-yil mart oyida kafedra katta o‘qituvchilar I.Yuldashev va M.Yunusaliyev, M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Universietida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida qatnashdi, ma'ruza, amaliy mashg‘ulot, mahorat darslari, xalqaro «Web of Science» jurnalida xorijlik professor o‘qituvchilar bilan birgalikdaham mualliflik ilmiy maqola va oliy o‘quv yurti "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" hamda "Arxitektura" ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun "Живопись", "Световыдения" nomli darsliklar nashr etdilar.
2023-yil aprel oyida kafedra o‘qituvchisi M.O‘rinov "Abay" nomidagi Qozog‘iston milliy Universietida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida malaka oshirish kurslarida qatnashdi, ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mahorat darslari olib bordi.
Tasviriy san’at kafedrasi mahalliy hamkorlar
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan
Hamkorlik yo‘nalishlari:
Ijodiy uchrashuv va ko‘rgazmalar, ko‘rik tanlovlar tashkil etish.
Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish.
Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi
Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar
Kafedra haqida
Inklyuziv ta’lim kafedrasi Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2025-yil 6-sentabrdagi “500-k” sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. Kafedra “Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik” fakulteti tarkibida faoliyat yuritadi. Kafedra o‘z faoliyatini zamonaviy inklyuziv ta’lim tamoyillari asosida olib borib, alohida yordamga muhtoj bolalarni o‘qitish, reabilitatsiya qilish va ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy yo‘nalishda ishlaydi.
Kafedrada “Maxsus pedagogika” 60112300 – “Oligofrenopedagogika, surdopedagogika, logopediya” bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Bugungi kunda kafedrada 11 nafar asosiy shtatdagi hamda 3 nafar tashqi o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Ularning tarkibida:
1 nafar fan doktori (DSc),
5 nafar falsafa doktori (PhD),
Shulardan 3 nafari dotsent,
3 nafari katta o‘qituvchi.
Kafedraning ilmiy salohiyati 55 foizni tashkil etadi. O‘qituvchilar inklyuziv ta’lim, maxsus pedagogika, defektologiya, logopediya va psixologiya yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borib, talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shmoqdalar.
Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar
Bakalavr:
60110200 – Maxsus pedagogika Oligofrenopedagogika, surdopedagogika,
Ilmiy va ijodiy faoliyat
“Inklyuziv ta’lim” kafedrasi jamoasi 2024-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 5 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 3 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 3 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 60 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.
Kafedradaning erishgan yutuqlari
Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Turg‘unov M.M. (PhD, 2025 y.), Maxmudova O.T (PhD, 2024 y.), Maxmudova O.T,Ashurova.OA (PhD, 2025 y.)
