Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %

Harbiy ta'lim fakulteti

FAKULTET TAQDIMOTI

images/file-1776336089746-30961536.jpg

Baboyev A’lomirza To’lamirzayivich

Fakultet dekani
Tug’ulgan sanasi 02.11.1978 yil Namangan viloyati Chortoq tumani
Polkovnik (dotsent)

Qabul kunlari:

har kuni 15:00 dan 16:00 gacha

mobile_phone:

(73) 244-42-22
images/file-1776336217854-690397758.jpg

Raximov Alisher Sharafidinovich

Dekan o‘rinbosari
Tug‘ilgan sanasi 02.12.1980-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani
Harbiy unvoni podpolkovnik (dotsent)

Qabul kunlari:

chorshanba kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha

mobile_phone:

(97) 788-12-14
images/file-1776336374997-346094073.jpg

Mustayev Ruslan Damirovich

Dekan o’rinbosarlari:o’quv bo’limi boshlig’i
1980 yil 22 sentyabrda Samarqand viloyati, Katta qo’rg’on tumanida tug’ilgan.
mayor

mobile_phone:

(93) 484-08-51
images/file-1776336444347-998593957.jpg

Karimov Rovshan Abdufattoyevich

Dekan o’rinbosarlari: Manaviy ishlar bo’yicha
1972 yil 05-mayda Farg’ona viloyati,Rishton tumanida tug’ilgan.
podpolkovnik

Qabul kunlari:

chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00

mobile_phone:

(97) 209-90-24
images/file-1776336540133-259766250.jpg

Qo’chqorov Sobirjon Axadjonovich

Dekan o’rinbosarlari: Ilmiy ishlar va inovatsiyalar bo`yicha dekan o`rinbosari
1986- yil 28-avgustda Farg’ona viloyati, Toshloq tumanida tug’ilgan
leytenant

Qabul kunlari:

chorshanba kuni soat 15:00 - 17:00

mobile_phone:

(91) 678-48-86
FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Ulugbek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika instituti Harbiy kafedrasi Sovet ittifoqi Mudofaa vaziri, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Maorif vaziri va kasb-hunar ta’lim Davlat qo‘mitasi raisining 1981-yil iyun oyidagi 267/989/159/172 – sonli qo‘shma qaroriga ko‘ra tashkil etilgan bo‘lib, kafedrada talabalar uchun dastlabki mashg‘ulotlar 1982-yil 3-mart kuni boshlangan.

Harbiy kafedra tashkil etilgan paytda ofitserlar 5 nafardan iborat bo‘lgan.

Talabalar o‘quv rejasiga muvofiq 3-kursni bitirganidan so‘ng yoz oylarida dala-o‘quv yig‘inlari o‘tkazilgan. Dastlabki paytlarda kafedra Sobiq Sovet ittifoqi Qurolli Kuchlari tarkibida bo‘lganligi sababli talabalar dala-o‘quv yig‘inlarini, asosan, Turkmaniston SSR, Termiz va Chirchiqdagi dala-o‘quv maydonlarida o‘taganlar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng dala-o‘quv yig‘inlari Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala-o‘quv maydonlarida o‘tkazila boshlangan.

Harbiy kafedrani 1981-yildan boshlab hozirgi kungacha quyidagi ofitserlar boshqargan:

1981-1988-yillar – polkovnik Xaydarov Rafik Saitovich;

1988-1992-yillar – polkovnik Tarasyuk Andrey Timovich;

1992-2008-yillar – polkovnik Umarov Baxtiyar Miraxmanovich;

2008-2009-yillar – podpolkovnik Akbarov Anvar Tojimatovich;

2009-2010-yillar – podpolkovnik Maxmudov Faxriddin Abduraimovich;

2010-2012-yillar – polkovnik Nakibov Kamalxon Usmanxanovich v.v.b.;

2012-2018-yillar – podpolkovnik Gafurov Mirza-Djamol Kasimovich;

2018-2019-yillar – podpolkovnik Kamilov Azizbek Baxriddinovich;

2019-2020-yillar – polkovnik Nakibov Kamalxon Usmanxanovich v.v.b.;

2020-2023-yillar - polkovnik Saidov Ixtiyor Muzrabovich;

2023-2024 yillar – podpolkovnik Raximov Alisher Sharafidinovich v.v.b.;

2024 yildan – polkovnik Baboyev A’lomirza To‘lamirzayevich.

Sovet ittifoqi paytida harbiy kafedraga quyidagi mansabdor shaxslar tashrif buyurishgan:

1984-yil Sovet ittifoqi Quruqlikda qo‘shinlari Qo‘mondonining o‘rinbosari general-polkovnik Naumenko Yuriy Anatolyevich;

1989-yil Sovet ittifoqi Quruqlikda qo‘shinlari Generallar shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari general-mayor Nadolskiy Anton Kononovich.

FarDU harbiy ta’lim fakulteti (kafedrasi)ga mustaqillik yillarida quyidagi mansabdor shaxslar tashrif buyurishgan:

1993-yil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Axmedov Rustam O‘rmanovich;

1994-yil O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Teshaev G‘afurjon Qodirovich;

2021-va 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich.

Hozirgi vaqtda harbiy fakultet uchta siklga bo‘linadi va quyidagicha nomlangan:

Umumqo‘shin tayyorgarlik; Uslubiy tayyorgarlik; Maxsus tayyorgarlik sikllari.

Umumqoshin tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:

taktika;

harbiy topografiya;

otish tayyorgarligi;

texnik tayyorgarligi;

saf tayyorgarligi;

umumharbiy nizomlar;

harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti.

Maxsus tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:

Harbiy san’at tarixi va milliy meros;

harbiy qonunchilik asoslari;

harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi;

harbiy rahbar mahorati va etikasi;

harbiy psixologiya va pedagogika asoslari.

Uslubiy tayyorgarlik siklida quyidagi fanlar o‘tiladi:

chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uning metodikasi;

o‘q otish va uni o‘qitish uslubiyoti;

qo‘l jangi va uni o‘rgatish uslubiyoti;

zamonaviy armiyaning rivojlanishining nazariyasi va amaliyoti.

Oquv yiginlari harbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi va olgan bilimlarni mustahkamlash, HHI bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish, o‘qotar qurollardan otish mashqlarini amaliy bajarish, harbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha sport tadbirlari va harbiy tayyorgarlik bo‘yicha Yakuniy Davlat Attestatsiyasi o‘tkazish hamda talabalarni “Vatanga qasamyod”ga qabul qildirish uchun mo‘ljallangan.

Shtat tarkibidagi o‘zgarishlar:

Mudofaa vazirining 2017-yil 23-dekabrdagi 21/1/5056 – sonli direktivasi bilan tasdiqlangan shtatga ko‘ra Farg‘ona davlat universiteti harbiy fakultetida xizmatdagi ofitserlar tarkibi qisqartirilib, ular o‘rniga rezervdan va zahiradan ofitserlar bilan butlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabr PF-4496m sonli Farmoni va Mudofaa vazirining 2020-yil
28-iyuldagi 21/1/1188 – sonli direktivasiga asosan Farg‘ona davlat universiteti “Harbiy kafedra” nomiga o‘zgartirish kiritilib, “Harbiy ta’lim fakulteti” deb nomlandi.

Hozirgi kunda fakultetning asosiy shtatida faoliyat olib borayotgan tarkib:

Hozirgi kunda harbiy ta’lim fakultetning asosiy shtatida 2 nafar shartnoma asosidagi, 16 nafar rezerv va zahiradagi ofitserlar hamda universitet tomonidan ajratilgan qo‘shimcha shtat asosida 7 nafar rezerv va zahiradagi ofitserlar xizmat o‘tab kelmoqdalar.

Harbiy fakultet tashkil topgandan buyon 4000 dan ortiq zahiradagi va rezervdagi ofitserlar bitirib chiqdilar. Bular hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, xalq ta’limi tizimida va boshqa sohalarda mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilmoqdalar.

O‘quv-moddiy bazani takomillashtirishdagi ishlar:

2020-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Farg‘ona davlat universiteti rahbariyati yordami bilan harbiy ta’lim fakulteti boshlig‘i polkovnik I.Saidov boshchiligida professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • -pnevmatik miltiqdan o‘q otish uchun joy (TIR), o‘q otish simulyatori (DK-440) trenajor xonasi, talabalar oshxonasi, ilmiy bo‘lim, maxsus va badiiy kutubxonalar ochildi;
  • -ma’ruza o‘qish xonalari, taktika, OQQH, muhandislik tayyorgarligi xonalari kerakli o‘quv moddiy bazalar bilan jihozlandi;
  • -QKFB fanidan elektron zamonaviy harbiy shaharcha joy maketi tayyorlandi;
  • -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Amir Temur va fakultet tarixi burchaklari tashkil etildi;
  • -saf maydoni va texnikalarni saqlash uchun bokslar qurildi;
  • -Mudofaa vazirligidan texnika, o‘quv qurollari, o‘q-dorilar, o‘quv minalari va boshqa vositalar qabul qilindi va barcha o‘quv xonalari infografika asosida tayyorlangan stendlar bilan jihozlandi;
  • -fakultet logotipi ishlab chiqildi;
  • -fakultet ilmiy salohiyati 15% dan oshirildi;
  • -CHQBT fanini rivojlantirish maqsadida 2 yillik magistratura ochildi;
  • -talabalarni harbiy yo‘nalishga qiziqtirish maqsadida ular uchun yozgi, qishki va mavsumiy kiyim-bosh rusumi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Mutaxassisliklar boyicha malaka talablari