Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

0 %

Shrift o‘lchami:

0 %

Chet tillari fakulteti

images/file-1776329703351-168573633.png

Kambarova Dildora Ibroximovna

Fakultet dekani
1980-yil 7-iyun Andijon shahrida tug‘ilgan.
Pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent

Qabul kunlari:

Dushanba-shanba, 14:00-16:00

mobile_phone:

(73) 244-66-02
Dekan o‘rinbosarlari
images/file-1776330429782-302217262.jpg

G‘ulomov Doniyorbek Dilshodjon o‘g‘li

Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1992-yil 29-avgustda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul kunlari:

Har kuni 14:00-16:00

mobile_phone:

(98) 888-95-98
images/file-1776330576616-37002110.jpg

Qo‘chqorov Isoxon Mo`sajonovich

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1987-yil 14-iyul Farg'ona viloyati,O`zbekiston tumanida tug’ilgan
Lingvistika (ingliz tili)

Qabul kunlari:

juma 14:00-16:00

images/file-1776330687682-376895071.jpg

Gafurova Nodira Ravshanovna

O‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
1979-yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Qabul kunlari:

dushanba-shanba 9:00-11:00

FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

Fakultet 1970-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutining chet tillarini o‘qitish bo‘limi negizida roman-german filologiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1999-yilda fakultet rus filologiyasi fakulteti bilan birlashtirilib, xorijiy filologiya, 2004-yili o‘zbek filologiyasi fakulteti bilan birlashtirilib, filologiya fakulteti tashkil topgan. 2014-yildan chet tillari fakulteti qayta tashkil etilgan.

Fakultetda 1961-yildan ingliz tili, 1966-yildan nemis tili, 1994-yildan fransuz tili, 2019-yildan gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lgan qo‘yilgan. 1991-1999-yillari sharq tillari (arab tili, fors tili), 2008-2013-yillari sharq tillari (xitoy tili) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan. 2014-yildan buyon xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 2016-yildan xorijiy til va adabiyoti (nemis tili, fransuz tili) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2011-yildan boshlab Lingvisitika (nemis tili), 2013-yildan Lingvisitika (ingliz tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №PQ-1875-sonli qarori qabul qilingandan so‘ng xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan talab va soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortdi. Natijada 2014-yilda chet tillari fakulteti filologiya fakultetidan ajrab chiqdi.

2020-2021-o‘quv yilida mavjud 4 ta ta’lim yo‘nalishining 72 ta akademik guruhida 1682 nafar, shundan 521 nafari kechki ta’lim shaklida (265 nafari davlat granti, 1417 nafari to‘lov kontarkt asosida) tahsil olmoqda.

Hozirda chet tillari fakulteti tarkibida 4 ta – ingliz tili, nemis va fransuz tillari, tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari, gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kafedralarda 6 nafar fan nomzodi va filologiya bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsentlar hamda 100 dan ortiq yuqori malakali professor-o‘qituvchilar magistr va talabalarga bilim bermoqdalar.

Fakultet talabalarining 1 nafari Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan.

Talaba va magistrantlarning til bilish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Germaniyaning Robert Bosh fondi, SES tashkiloti va AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda xorijlik nemis tili, fransuz tili, ingliz tili mutaxassislari o‘quv jarayonlariga jalb etilmoqda.

tamomlagan o‘nlab talabalar Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Janubiy Koreya singari davlatlarda magistratura bosqichida tahsil olmoqda.

INGLIZ FILOLOGIYASI KAFEDRASI

images/file-1776330965787-200771999.jpg

Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna

Kafedra mudiri
1990 yilda Oltiariq tumanida tug‘ilgan
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Qabul kunlari:

dushanba-seshanba 14:00-16:00

mobile_phone:

(91) 329-00-92

Mamlakatimiz mustaqillik deb atalmish buyuk maqomga ega bo‘lgan kundan buyon barcha sohalardakeng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Shu jumladan, taraqqiyotimiz bardavomligini belgilovchi bu kabi islohotlar ta’lim jarayonlarini ham to‘laqonli qamrab oldi.

Islohotlarni amaliyotga joriy qilish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida ham qator ishlar olib borilmoqda. Filologiya fakulteti tarkibidan chet tillari fakultetining alohida ajralib chiqishi bu boradagi muhim bosqich bo‘ldi.

Ingliz filologiyasi kafedrasida hozirda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari, jumladan, 2 ta bakalavriat va 1 ta magistratura yo‘nalishi faoliyat ko‘rsatmoqda:

1.60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)

2.61010500- Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)

3.70230101- Lingvistika (ingliz tili)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan har bir viloyat hamda tumanlarda ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida respublikamizning har bir hududlarida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Farg‘ona viloyati turizmni rivojlantirish, malakali gid va tarjimon mutaxassislarini ta’minlab berish maqsadida 2019-2020-o‘quv yilida Ingliz filologiyasi kafedrasida yangi yo‘nalish “Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)” yo‘nalishi ochildi. Bugungi kunda 100 nafardan ortiq talabalar mazkur yo‘nalishda tahsil olmoqda.

2024-yilda ta’lim sifatini oshirish va malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, Ingliz tili kafedrasi 2 ta kafedraga:

  1. Ingliz filologiyasi
  2. Ingliz tili amaliy kursiga bo‘lindi.

Har bir kafedrada hozirda malakali va tajribali professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedraga 1962-1974-yillarda Y.S.Saidov, 1974-1976-yillarda T.S.Jo‘rayev, 1976-1981-yillarda B.S.Rajabov, 1982-1986-yillarda M.S.Pudovkina mudirlik qilishgan. Universitet tashkil topgandan so‘ng, kafedra mudiri lavozimida 1991-1995-yillarda Y.S.Saidov, 1995-1998-yillarda A.M.Kuldashev, 1998-2000-yillarda T.M.Ibragimov, 2000-2004-yillarda M.M.Axmedova, 2004-2015-yillarda G.M.Qosimovalar, 2015-2016-yillarda filologiya fanlari nomzodi D.A.Ganiyeva, 2016-2017-yillarda filologiya fanlari nomzodi dotsent S.O.Solijonov, 2017-2022-yillarda katta o‘qituvchi D.S.Usmonovaishlaganlar, 2022-yil sentabr oyidan kafedrada filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.I.Mirzayeva rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan, 1 nafar fan doktori va 9 nafar falsafa doktorlari faoliyat olib bormoqda.

Bugungi kunda kafedrada faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar 2015-2025-yillar davomida O‘zMU, FarDU Mintaqaviy markazida hamda BIMMda malaka oshirgan va barchasi ijobiy natija ko‘rsatgan. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari xalqaro va milliy C1 darajali sertifikatlarga ega.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar darslarni sifatli o‘tilishini ta’minlash maqsadida fan dasturlari, o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratib boradilar. 2015-2025-yillar mobaynida yaratilgan uslubiy ishlar jumlasiga quyidagilarni aytib o‘tishimiz mumkin: S.Fazildinovaning “Yozma tarjima (written translation)”, Sh.Dadabayevaning “Theory and practice of translation”, D.Ganiyevaning “Linguapragmatics” nomli darsliklari yaratildi. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 2015-2025-o‘quv yillarida 30 dan ortiq monografiyalar, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar,30 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar hamda 3 ta elektron darsliklar yaratildi va amaliyotga joriy etildi.

2015-2025-yillar mobaynida ushbu kafedra tashabbusi bilan bir nechta xalqaro va respublika miqyosida konferensiyalar o‘tkazildi. Ushbu konferensiyalar respublikamiz ta’lim dargohlarida chet tillarini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati, dars jarayoni sifatini oshirishda jahon standartlariga mos keluvchi metodlarning afzalliklari haqida so‘z yuritish va ularni amaliyotda qo‘llash, respublikamiz va qator xorijiy mamlakat oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro tajriba va fikr almashish, bugungi kun fan taraqqiyotida bahs munozaralarga sabab bo‘layotgan tarjimashunoslik masalalarini har tomonlama yoritish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ular jumlasidan quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin:

2016-yilda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Til o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2017-yil “Kognitiv tilshunoslik va filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidarespublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2018-yil 20-aprelda “Komparavistikaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2020-yil 15-iyunda Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “Chet tillarini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanishning ahamiyati va tarjimashunoslik muammolari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2021-yil 22-aprelda “Amaliy tilshunoslikning fanlararo masalalari: masofaviy ta’limdagi muammolar va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2022-yil 25-mayda “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi;

2023-yil 18-oktabr kunida “Current problems of modern linguistics and an innovative approach in teaching foreign languages” 4-xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

2024-yil 18-mayda “Language identity in the digital age: social media, online communication and language use” mavzusidagi 5-xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Yuqoridagi o‘tkazilgananjumanlardaxorijiy davlatlar va respublikamizda filologiya yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, ilmiy xodim, magistratura va bakalavriat bosqichi talabalari o‘z maqola va tezislar bilan ishtirok etdilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro bazaga kiritilgan va xorijiy nashrlarda, OAK e’tirof etgan respublika jurnallarida o‘z maqolalarini nashr etib kelmoqdalar. 2015-2016-o‘quv yilida kafedrada 7 ta, 2016-2017-o‘quv yilida 7 ta, 2017-2018-o‘quv yilida 8 ta, 2018-2019-o‘quv yilida 5 ta, 2019-2020-o‘quv yilida 12 ta, 2020-202-o‘quv yilida 15 ta, 2021-2022-o‘quv yilida 35 ta, 2022-2023-o‘quv yilida 130 dan ortiq, 2023-2024-o‘quv yilida 150 dan ortiq va 2024-2025-o‘quv yilida 115 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi.

Ushbu kafedra o‘qituvchilari talabalarning nafaqat o‘qish jarayonini, balki ularning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar. Talabalarning turli miqyosdagi tanlovlarda ishtirok etishlarida amaliy yordam ko‘rsatib, ularga yo‘l-yo‘riq berib boradilar. Jumladan, yo‘nalish talabasi Qurbonova Mushtariybegim Baxtiyorjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi Qaroriga binoan Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 2019-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Ultimate Frisbee” xalqaro turnirida Respublika miqyosida bizning talabalar faxrli 2-o‘rinni olishga muyassar bo‘ldilar. Bundan tashqari, 2021-yilda Mirzaahmedov Mirjalol (M.O‘ktamova rahbarligida), 2023-yilda Jalolov Zafar (D.Usmonova rahbarligida), 2024-yil Rajabova Nigina va Anvarjonova Zarifa (D.Usmonova rahbarligida), Abduvaliyeva Farangiz(D.Ubaydullayeva rahbarligida) Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.

Shu bilan birga, ingliz tili yo‘nalishi talabalari har yili Respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Xatamov Hoshimbek 2016-yil O‘zbekiston Respublikasi talabalarining fan olimpiadasida ingliz tili fanidan faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

Lingvistika: ingliz tili magistrantlari Z.Dadaxonova va N.Irgashevalar universitetlararo talabalarining almashinuvi dasturi bo‘yicha Slovakiyaning Koshitse shahridagi Pavol Yojef Shafarik Universiteti bilan Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasidaInternational Credit Mobilityloyihasi bo‘yicha, L.Uzakova Xorijiy loyiha dasturi doirasidagi universitetlararo professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuviga mo‘ljallangan Fulbright Teaching Excellence and Achievement (Fulbright TEA) dasturi bo‘yicha AQShning Nevada universitetiga almashinuv dasturi bo‘yicha tahsil oldilar.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlari bo‘yicha iqtidorli talabalar D.Nematullayeva va D.Odilovalar AQSh mamlakatida, O.Sultonxonova Fransiya davlatida, M.Mansurxujayeva va Z.Sultonovalar Rossiya federatsiyasida, K.Nurmatova, B.Ibrohimov, M.Mirzayeva, M.Muxtorova, O.Shodmatova, O.O‘rmonjonova, N.Isroilova, M.Akbarov, A.Bektemirov,G.G‘aniyeva, G.Gofurov, S.Olimjonova, M.Aliyeva, M.Mirganovlar Qirg‘iziston Respublikasida tajriba almashib keldilar. Qo‘shni respublikalardagi universitetlardan akademik almashinuv dasturlari doirasida 30 nafardan ortiq talabalar kafedramizda tahsil oldilar.

Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari oxirgi yillarda ilmiy sohada ham yutuqlarga erishmoqdalar. Jumladan, ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz fan doktori va falsafa doktori ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lmoqdalar. Ulardan 2022-yilda D.Mirzayeva falsafa doktori ilmiy darajasiga, 2023-yilda D.Ganiyeva fan doktori ilmiy darajasiga, N.Aliyeva va S.Azimovalar falsafa doktori ilmiy darajasiga, 2024-yilda D.Usmonova, N.Mahmudova, S.Yusupova, N.Komilovalar falsafa doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldilar. 2025-yilda M.Nasriddinov falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldilar. Qolgan o‘qituvchilar tomonidan ham falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

2021-yilda Farg‘ona davlat universiteti Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik dasturi doirasida Amerika Kengashi tomonidan olib borilgan UniCEN xorijiy loyixasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha koordinatori ingliz filologiyasi katta o‘qituvchisi, falsafa doktori D.Usmonova tayinlandi. Loyiha davomida Zoom dasturi orqali tabiiy fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun bir nechta uchrashuvlar va vebinarlar o‘tkazildi. Loyixa doirasida 2021-yil oktabr oyida AQSh Vashington shtati Amerika universiteti professori Maykl Brodi universitetga tashrif buyurdi. Tashrif davomida professor Brodi o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashib, master-klasslar o‘tkazdi, bir necha xorijiy kitoblarni sovg‘a qildi.

Britaniya Kengashining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining 2021-yil 21-oktabrdagi OC-23-02 xatiga muvofiq , vakolatxona tomonidan Going Global Partnership (Oliy ta’lim sohasida islohotlar) dasturida ishtirok etish uchun Farg‘ona davlat universiteti ingliz filologiyasi kafedrasi saralab olindi. “Change academy” loyixasi ishtirokchilari tomonidan yosh o‘qituvchilar va talabalarga seminar-trening o‘tkazildi, hamda jamoa noyabr-mart oylarida tashkil etilgan seminar-treninglarda qatnashdi va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda o‘z ustida ishlab, malaka va ko‘nikmalarini oshirib bormoqdalar. 2019-yilda D.S.Usmonova SlovakiyaningKoshitse shahridagi Pavel Yozef Shafarik Universiteti bilan Yevropaning Erasmus+ dasturi doirasida International Credit Mobilityloyihasi bo‘yicha stajirovkada bo‘lib qaytdi. 2023-yilda D.Ismoilova AQShning Michigan Universitetida, 2023-2025-yillarda D.Mirzayeva, D.Ganiyeva, N.Aliyeva, D.Usmonova, S.Yusupova, N.Mahmudova, S.Azimovalar Turkiya, Hindiston va Qozog‘iston kabi dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar va seminar-treninglar o‘tkazdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-sonli va 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarori ijrosi bo‘yicha xalqaro xamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xorijdan mutaxassislar jalb etilgan. 2018-2020-yillarda AQSh elchixonasi ko‘ngillisi Greham Derri, 2021-yilda Keyt Bridjmen va 2022-2024-yillarda Mery Strabalalar kafedrada 2 yil muddatda faoliyat kursatdi. Ular “The English Language Fellow Program” dasturi asosida talabalarga belgilangan fanlardan dars o‘tish bilan birga professor-o‘qituvchilarga ingliz tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha haftaning har juma kuni seminar-trening, talabalar uchun esa to‘garak mashg‘ulotlarini olib bordi.

2018-yil oktyabr-noyabr oylarining 4 hafta muddatga Germaniyaning “Malakali ekspertlar xizmati” bo‘yicha ingliz tili mutaxassisi Brigitte Myuller-Grayf tashrif buyurdi va o‘qituvchilarga master-klasslar o‘tkazdi va ingliz tilini mukammal o‘rganishda talabalarga amaliy darslar o‘tdi.

2019-yil 8-15-dekabr kunlarida Birlashgan Arab Amirligining King Saud Universiteti (King Saud University) professori Reyma Al-Jarfi ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalariga ma’ruza o‘qidi.

2022-yil 19-apreldan 13-maygacha Germaniyaning malakali ekspertlar xizmati dasturi (Senior Experten Service) mutaxassisi Dirk Heinrich Andersen ham kafedrada professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga “Asosiy o’rganilayotgan til aspektlari” fanidan 20 soat dars mashg‘ulotlariniolib bordi.

Hindiston Respublikasi Allahabad universiteti Rajarshi Tandon Mahila Mahavidyalaya kolleji chet tillari fakulteti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shamenaz Banoni 2023-yil 23-28-oktabr kunlari Ingliz filologiyasi kafedrasiga tashrif buyurib, “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” fanidan talabalarga oʻzining malakali oʻqitish usullaridan foydalangan holda oʻz bilimlarini ulashdi.

Yuqoridagi kabi tashabbuslar, ya’ni xorijiy til egalarining tashrifi, master-klass darslar, malaka va tajriba almashish o‘qituvchi va talabalarda tilga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi.

Ingliz filologiyasi kafedrasi yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ko‘plab ishlar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari respublika, viloyat, shahar va universitet tadbirlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari va talabalari har yili o‘tkaziladigan xalqaro festivallarda, Yoshlar forumlarida va viloyat hokimligi tomonidan tashkillangan biznes-forumlarda tarjimon sifatida ishtirok etadilar. Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Universiada – 2016”da ingliz tili yo‘nalishi talabalari va professor o‘qituvchilari faol ishtirok etib, ko‘plab faxriy yorliqlarni qo‘lga kiritganlar. Talabalarni yuksak ma’naviyatli va madaniyatli inson qilib tarbiyalash yo‘lida ham kafedrada qator tadbirlar tashkillanib kelinmoqda. Talabalar guruh murabbiylari rahbarligida muntazam ravishda Respublikamizning diqqatga sazovor joylariga, qadimiy shaharlariga, teatr va muzeylarga tashrif buyuradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus asosida Ingliz filologiyasi kafedrasida ko‘plab ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha, kitobxonlik kechalari, insholar tanlovlari o‘tkazilib kelinmoqda. “Sunny books” nomli telegram tarmog‘ida kutubxona gruppasi tashkil qilinib, unda Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) hamda Gid hamrohligi va tarjimonlik (ingliz tili) yo‘nalishlari talabalari faol ishtirok etmoqdalar. Ushbu onlayn kutubxonada o‘zbek, ingliz va jahon adabiyotining yorqin asarlaridan namunalar o‘rin olgan. Kitobxonlar o‘rtasida “Eng yaxshi qisqa hikoya tarjimasi chellendji” nomli tanlov e’lon qilingan bo‘lib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari ulashildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqamasi Furqat tumani Xalq ta’limi bo‘limi Mamlakatimizda pandemiya davrida tumanimiz ingliz tili o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish uchun o‘zining telegram messendjeridagi “Sunny books” guruhi orqali kitobxonlikni keng targ‘ib qilganligi, ingliz tilidan audio va video resurslar, onlayn videodarslar orqali o‘qituvchilarimiz va o‘quvchilarimizga bergan ilmiy va metodik yordamlari uchun kafedra a’zosi A.Sh.Bazarbayeva tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Har yili ushbu kafedra a’zolari tomonidan tashkillangan “Mening sevimli kitobim” deb nomlangan tadbirda maktab va maktab-internatlarga tashriflar buyurilib, esdalik uchun kitoblar taqdim etilmoqda. Fakultet xotin–qizlar kengashi raisi va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini bilan hamkorlikda 3- va 9-TTJlarda hamda akademik guruhlarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda.

Ingliz filologiyasi kafedrasida har yili kafedra a’zolari tomonidan bir qancha to‘garaklar tashkillangan bo‘lib, unda yo‘nalish talabalari faol ishtirok etmoqdalar. N.Mahmudovaning 3-TTJda olib borilayotgan “English has no equals” nomli to‘garagi, M.O‘ktamovaning “Tarjimon” to‘garaklarida talabalar faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Har oyda ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari maktab, akademik litsey va kollejlar o‘qituvchilari hamda amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan birgalikda ingliz tili o‘rganish jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitish maqsadida metodik seminarlar, master-klasslar o‘tkazadilar.

Har yili yuzlab bitiruvchi talabalar o‘qishni tamomlab, mehnat shartnomalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadilar.

INGLIZ TILI AMALIY KURSI KAFEDRASI

images/file-1776332163412-159903026.png

Kafedra mudiri:

Kafedra mudiri
Filologiya fanlari doktori, Dotsent

Qabul kunlari:

dushanba - juma, 14:00 – 16:00

Kafedra haqida

Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dastlab Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023 - yil 3-fevral 154-k buyrug‘iga asosan chet tillari fakulteti qoshida Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan va unga pedagogika fanlari doktori N.Abbasova kafedra mudiri etib tayinlandi. Kafedrada 17 ta asosiy shtatda professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borgan. Ilmiy saloxiyat 45% tashkil etgan. 60230100 –“Filologiya va tillarni o‘qirish(ingliz tili)” bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlagan.

2025 yil 26-avgustda Farg‘ona davlat universiteti rektorining 213-k sonli buyrug‘iga binoan kafedraga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), Dotsent D.Usmonova, kafedra mudiri etib tayinlanganlar. Xozirgi kunga kelib kafedrada 19 nafar asosiy shtatda, 3 nafar ichki o‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda shu jumladan, 12 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD), 6 nafar dotsentlar, 8 nafar katta o‘qituvchilar, 7 nafar o‘qituvchilar. Asosiy shtatdagi ilmiy saloxiyat 63% tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar

Bakalavr:

60230100 –“Filologiya va tillarni o‘qirish(ingliz tili)”

Ilmiy va ijodiy faoliyat

“Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi jamoasi 2023-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 5 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 5 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 3 yilda 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.

Kafedradaning erishgan yutuqlari

Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Karimjonova Sh.R. (PhD, 2024 y.), Adambayeva aN.Q. (PhD, 2024 y.), Ganiyeva M.S.(PhD,2025), Mirzayeva G.S. (PhD, 2025), Dushatova Sh.B.(PhD,2025)

Ilmiy unvon olganlar: Usmonova D.S. (dotsent, 2025 y.), Abbasova N.K. (dotsent, 2025 y.), Gafurova N.R. (dotsent, 2025 y.), Sotvaldiyeva X.M. (dotsent, 2024 y.), Ergasheva N.K. (dotsent, 2024 y.),

2023-yilda Jalolov Zafar (D.Usmonova rahbarligida), 2024-yil Rajabova Nigina va Anvarjonova Zarifa (D.Usmonova rahbarligida), 2023-yil Shikina Anastasiya (Sh. Dushatova rahbarligida) Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo‘ldilar.

images/file-1776332831578-301755559.png

Kafedra fanlari

Bakalavriat:

1.O‘qish va yozish amaliyoti

2.Asosiy o‘rganilayotgan chet tili

3.Og‘zaki nutq amaliyoti

4.Til konikmalari integratsiyasi

5.Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalari

6.Til o‘rganilayotgan mamlakat ta’lim texnologialari va metodikasi

Xalqaro hamkorlik

Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:

Qirg‘iziston Respublikasi Batkent davlat universitetining inliz tili o‘qitish metodikasikafedra mudiri Samira Bekmurodova va professor-o‘qituvchilari bilan xamkorlikda 15 nafar talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yildi. Ushbu kafedrada bizning yo‘nalishga mos bo‘lgan fanlar o‘tilishi munosabati bilan ularni ma’ruzalar o‘qish uchun universitetga jalb etish va talabalar almashinuvini amalga oshirish, shuningdek ular bilan xamkorlikda ilmiy –tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

2024 yil Abay universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida kafedra professor-o‘qituvchilaridan D.Usmonova, N.Abbasova, N.Gafurova, X.Sotvoldiyevalar ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamda ma’ruzalar o‘qish uchun Abay universitetida bo‘lib qaytdilar.

2025-yil 10-17 mart kunlari X.M.Sotvaldiyeva va N.R.Gafurovalar Turkiya davlatining Anqara shahrida joylashgan Xajitepa universitetida ma’ruza,seminar treninglar o‘tkazishdi. Bundan tashqari 15-17 mart kunlari Istanbuldagi “The 6th International Selcuk Scientific Research Congress”Xalqaro ilmiy konferensiyada maqolalari va nutqlari bilan ishtirok etishdi.

2025-yil 30-aprel kuni D.Usmonova, N.Abbasova, M.Nurmatova va N.R.GafurovalarTojikiston respublikasining Xo‘jand xalqaro instituti – Tojikiston turizm va tadbirkorlik xalqaro universitetida konferensiya va "Artificial Intelligence technologies in teaching foreign languages" nomli seminar treyningda qatnashishdi.

images/file-1776332884969-350176328.png

2025-yil 15-27-sentabr kunlari kafedraning bilimdon Zakovat intellekrual o‘yinlarida faol ishtirok etib Respeblika miqyosida g‘olib bo‘lgan R.Ortiqov Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi Rossiya xalqlar doʻstligi universitetiga bir oylik stajirovkaga borib keldi.

2025-yilning 27-29 oktabr kunlari N.Q.Adambayeva Moskva shahridagi Oliy iqtisodiyot maktabining "Til va miya" markazida tashkil etilgan ilmiy amaliy konferensiyada"Disleksiyasi bor bolalarda fonologik buzilishlar va ularning miya faoliyati bilan bog‘liqligi" mavzusida ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

images/file-1776332919163-755530813.png

Mahalliy hamkorlar:

O‘zbekiston Jahon chet tillari universiteti

Namangan davlat universiteti

Andijon chet tillari instituti

O‘zbekiston milliy universiteti

Hamkorlik yo‘nalishlari:

Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni birgalikda tashkil etish

Talaba va ilmiy izlanuvchilar almashinuvi

Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Izoh: Xalqaro bazalardagi profil linki ko’rsatilgan qatorga Scopus, Web of Science (WoS) va Google Scholar bazalaridagi maqolalarning havolalari keltiriladi

Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlari

images/file-1776333253356-500060297.png

NEMIS VA FRANSUZ TILLARI KAFEDRASI

images/file-1776333366621-85387324.jpg

Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi

Kafedra mudiri
1991-yil Rishton tumanida tug‘ilgan.
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Qabul kunlari:

dushanba-chorshanba 10:00-16:00

1962-yilda chet tillar kafedrasi sifatida tashkil topdi. 1994-yildan boshlab fransuz tili yo‘nalishi tashkil etilib, kafedra “Nemis va fransuz tillari kafedrasi” deb yuritila boshlandi.

Nemis va fransuz tillari kafedrasi a’zolari qiyosiy tilshunoslik, nemis va fransuz tillari o‘qitishning dolzarb muammolari bilan samarali shug‘ullanib kelmoqda. So‘nggi yillarida kafedradaQ.Kaxarov, R.Axrorova, Z.Yigitaliyeva, Z.Abdullayev, Sh.Asqarova, O.Dadajonov, N.Ahmadjonov, Sh.Yusufjonova, Sh.Akbarova, A.Axtyamovlaro‘zlarining PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari talabalarining ilmiy-ijodiy izlanishlarida yaqindan ko‘maklashib keladilar. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotgan talabalar respublika, viloyat miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadilar. Nemis va fransuz tillari yo‘nalishi talabalari orasida 4 nafar Prezident stipendiyasi sovrindorlari, 2 nafar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, 10 nafar Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari, 4 nafar Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Oratorlik” tanlovi va 6 nafar Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Fronkofoniya” bayrami g‘oliblari yetishib chiqdi.

2024-2025 o‘quv-yilida kafedrada 9 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 nafarpedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 1 nafar dotsent, 6 nafar o‘qituvchi, 1 nafar DAAD lektori asosiy shtatda hamda 3 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 3 nafar o‘qituvchi o‘rindoshlik asosida, jami 27 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga chuqur bilim bermoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari nemis va fransuz tili fanining uch tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslik nazariyasi, til tarixi, shuningdek uslubshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi.

Kafedra 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili) va 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti(fransuz tili) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr hamda 70230101-Lingvistika (nemis tili)va 70230101-Lingvistika (fransuz tili)mutaxasisligi bo‘yicha magistrlar ilmiy muassasalar hamda umumiy o‘rta ta‘lim maktablari, kollej va litseylar uchun nemis va fransuz tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlaydi.

Kafedra Germaniyaning Robert Bosh fondi bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. 2015-2016 o‘quv-yilida germaniyalik nemis tili mutaxassisi Simona Helmshrott, 2016-2017 o‘quv-yilida Ingrid Landes, 2017-2018-2020 o‘quv-yillarida esa Karina Guseva faoliyat ko‘rsatdi. Karina Guseva “Mamlakatshunoslik”, “Madaniyatlararo muloqot”, “Tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati va ana’nalari”, “Matnlingvistikasi”, “O‘qish va yozish amaliyoti”, “Xorijiy mamlakat lingvistik nazariyasi” kabi fanlardan mashg‘ulotlar olib bordi.

Bugungi kunda kafedra Germaniyaning DAAD, Gyote institute va Darmshtat universitetlari bilan yaqindan aloqa o‘rnatgan. Hozirda kafedrada DAAD lektori Frank Richter faoliyat yuritmoqda. Kafedradailmiy salohiyati 68foizni tashkil etadi. Kafedra doktoranti (DSc) Ziyodbek Abdullayev “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali Germaniyaning Regensburg universitetida PhD ilmiy-tadqiqot ishini himoya qildi. Hozirda universitetning 2-kurs dokroranti (DSc). A.Axtyamov va Q.Sh.Kaxarovlar hozirdadoktorantura (DSc) da 1-kursda ehsil olmoqdalar. Kafedra o‘qituvchilari Sh.Aripova, G.Astonova, S.Tolanov va Sh.Jurayevalarning ilmiy-tadqiqot ishi yakunlangan va himoya qilish arafasida.

Mazkur o‘quv-yilida magistratura Lingvistika (nemis tili) ixtisosligida ta’lim oluvchilar soni 4 nafarni tashkil qilmoqda. Lingvistika (fransuz tili) ixtisosligida esa 6 nafar magistrantlar ehsil olmoqda.


Nemis va fransuz tillari kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar

CHET TILLARI KAFEDRASI

Kambarova Dildora Ibroximovna

Kafedra mudiri
1966–1967 o‘quv-yilida chet tillar kafedrasi tarkibidan fakultetlararo chet tillar kafedrasi ajrab chiqdi. 1966-yilda kafedraning dastlabki mudiri sifatida D.K. Savchenko faoliyat olib borgan. Kafedrada ingliz va nemis tillari yo‘nalishi bo‘yicha amaliy, nazariy mashg‘ulotlar ham olib borilgan. Chet tili fanidan dars mashg‘ulotlarini dastlab Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlab, yo‘llanma bilan Farg‘ona pedagogika institutiga kelgan 1962–1965 yillarda S.S. Subanqulov, 1987-yilda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.F. Sayfullayeva, A.A. Agzamov, M.J. Jalilovlar faoliyat olib borganlar. Fakultetlararo chet tillari kafedrasida 1967–1977-yillarda M.G. Qurbonov, 1977–1981-yillarda N.L. Nesterenko, 1982–1985-yillarda D.A. Ahmadaliyeva, 1986–1992-yillarda D.Y. Qambarovalar kafedra mudirlik lavozimlarida ishlaganlar. 1992-yilda Farg‘ona davlat universitetida chet tillar kafedrasi negizida fakultetlararo chet tillar kafedrasi tashkil etilib, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi O.M. Shamsutdinova mudir etib tayinlangan. 1997-yilda xorijiy tillarni o‘qitishga bo‘lgan e’tibor hamda nofilologik ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalarda chet tillariga ajratilgan o‘quv yuklamalari hajmining oshishi natijasida fakultetlararo chet tillar kafedrasi negizida uchta kafedra tashkil etilgan: 1. Iqtisod fakulteti chet tillari kafedrasi (kafedra mudiri T. Yuldashev). 2. Gumanitar yo‘nalishidagi chet tillar kafedrasi (kafedra mudiri D. Ahmadaliyeva). 3. Tabiiy fanlar yo‘nalishidagi chet tillar kafedrasi (kafedra mudiri D. Qambarova) faoliyat olib borgan. 2000-yili nofilologik ta’lim yo‘nalishiga xizmat qiladigan “Chet tillar” kafedralari qayta birlashtirilib, ularning negizida chet tillar kafedrasi tashkil etilgan. 2000–2004-yillari kafedra mudirasi pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.Y. Qambarova faoliyat yuritgan. 2004–2005-yillarda ushbu kafedraga filologiya fanlari nomzodi O. Mamaziyayev, 2006–2012-yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent D.Y. Qambarova mudirlik qilgan. 2012-yilda “Chet tillar” kafedrasi “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasi etib qayta tashkil etilgan. “Fakultetlararo chet tillar” kafedrasini 2012–2016-yillarda katta o‘qituvchi N.Ergasheva, 2016–2017 o‘quv-yilida filologiya fanlari nomzodi, dotsent S. Solijonov, R. Soliyev boshqarganlar. 2017–2019 yillarda kafedra mudiri lavozimida V. Abdurahmonov ish olib borgan. Universitet rektorining 2019-yil 4-sentyabrdagi 347-sonli buyrug‘iga muvofiq fakultetlararo chet tillar kafedrasi negizida “Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar” va “Gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar” kafedralari tashkil etilgan. 2023-yildan boshlab “Tabiiy yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar” va “Gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillar” kafedralari negizida “Chet tillar” kafedrasi qayta tashkil etilgan. 2015 yildan kafedra mudiri lavozimida pedagogika fanlari falsafa doktoriPhD, dotsent Kambarova Dildora Ibroximovna faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda kafedrada 20 nafar asosiy shtatda, 2 nafar ichki o‘rindoshlik 1 nafar tashqio‘rindoshlik asosida professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda shu jumladan, 1 nafarprofessor ilmiy unvonli, 8 nafar falsafa doktorlari (PhD), 4 nafar dotsentlar, 5 nafar katta o‘qituvchilar, 11 nafar o‘qituvchilar. Asosiy shtatdagi ilmiy saloxiyat 45% tashkil etadi.
Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul kunlari:

seshanba - juma, 15:00 – 17:00

images/file-1776333958250-613199531.png

Ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklar

Сhet tillari kafedrasi hizmat ko‘rsatuvchi kafedralardan biri bo‘lib, universitetnig barcha bakalavriyat yo‘nalishlarida: kunduzgi, kechki va masofaviy ta’limyo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib boriladi.

Ilmiy va ijodiy faoliyat

“Chet tillari” kafedrasi jamoasi 2022-2025 yillarda samarali natijalarga erishdi, jumladan, kafedra professor-o‘qituvchilari 1 nafar professor ilmiy unvoni, 8 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja, 4 nafar dotsent ilmiy unvoni diplomlariga ega bo‘ldilar. Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan keyingi 5 yilda 6 ta darslik, 15 ta o‘quv qo‘llanma va 5 ta monografiya, xalqaro («Web of Science», «Scopus» jurnallarda) va respublika miqyosidagi nufuzli ilmiy jurnal, ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamlarida 200 tadan ortiq ilmiy maqola va tezislar nashr etildi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chet tillarini o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili

Hozirda kafedra o‘qituvchilarining sertifikatlari asosida ularning til bilish darajasi monitoringdan o‘tkazildi. Kafedraning barcha o‘qituvchilari C1 darajadagi sertifikatga ega.

Kafedradaning erishgan yutuqlari

Doktorlik dissertatsiyalari himoyalari: Alimjanova M. (PhD, 2025 y.), Azamova G. (PhD, 2025 y.), Yusupjanova F.Q. (PhD, 2025 y.), Asomiddinova G.A (PhD, 2025 y.), Xaqnazarova S. (PhD, 2025 y.), Raxmonova I. (PhD, 2025 y.), Sultonova M (PhD, 2025 y.)

Ilmiy unvon olganlar: Kambarova D.Y. (professor,2025 y.), Abduraxmonov V. (dotsent, 2025 y.), Aimjanova M. (dotsent, 2025 y.),Azamova G.(dotsent, 2025 y.),Kambarova D.I. (dotsent, 2025 y.)

Kafedra fanlari

Bakalavriat:

Kasbiy sohada chet tili ECT (ingliz tili)

Yuristlar uchun chet tili (ingliz tili)

Sport faoliyati fakulteti uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Iqtisodiyot fakulteti uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Pedagogika fakulteti uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Rus filologiyasi fakulteti uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Tarix fakultetlari uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Fizika va matematika fakulteti uchun chet tili 1, 2 (ingliz va nemis tillari)

Xalqaro hamkorlik

Chet tillari kafedrasi dunyoning nufuzli ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, maqolalar, stajirovkalar, onlayn seminarlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hamkor universitetlar va ilmiy markazlar:

Qirg‘izston respublikasi Qirg‘iz- O‘zbek xalqaro universiteti bilan tuzilgan Memorandum asosida va Farg‘ona davlat universiteti rektorining 2023-yil 17-oktabrdagi 410-k-sonli buyrug‘i bilan Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti professori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Kadenova Jannat Toktomamatovna tashrif buyurdi va gumanitar yo ‘nalishlarga chet tillar kafedrasida 20 soat dars mashg‘ulotlarini o‘tdi.

2023-yil 15–17 noyabrda Germaniyada bo‘lib o‘tgan nemis tili o‘qituvchilarining I-mobil anjumanida chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchilari f.f.d. (PhD) G.A. Asomiddinova vaSh. Asqarovalar ishtirok etdilar.

2025 yil 2 oktyabrda O‘zbekistonQirg‘iziston Respublikasi Osh davlat universitetining dotsentlari Karachah Duvanayeva, Emilbek qizi Elmira, Tashmatova Orozgul, Umrzakova Begimay va Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universiteti professori, f.f.d. D.Sayidrahimovalar chet tillari kafedrasiga tashrif buyurdilar. Ushbu professor-o‘qituvchilar gumanitar ta’lim yo‘nalishlariga 20 soat dars mashg‘ulotlarini o‘tib berdilar. Ushbu universitlarning kafedralarida bizning yo‘nalishga mos bo‘lgan fanlar o‘tilishi munosabati bilan ularni amaliy mashg‘ulotlar olib borishi uchun universitetga jalb etish va talabalar almashinuvini amalga oshirish, shuningdek ular bilan xamkorlikda ilmiy –tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

2025 yil 7 oktabrdabo‘libo‘tgan“Innovatsion hamkorlik Oliy va kasbiy ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Belarussiya ta’lim forumi” da chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol qatnashdilar.

2025 yil oktabrda SES fondidan Germaniyalik SFA experti professor Yuahem Kornelisen chet tillari kafedrasida nemis tili dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda hamda professor o‘qituvchilar uchu seminarlar o‘tib bermoqda.

Chet tillari kafedrasining xalqaro reytinglardagi nufuzini oshirish, xorijiy hamkorlikni mustahkamlash o‘quv jarayonini jahon tajribasiga integratsiyalash, xorijiy mutaxassislarni jalb etish va o‘qituvchilarning stajirovka va malakasini oshirish maqsadida 7 ta nufuzli OTM bilan memorandum tuzilgan va imzolangan, bular Qirg’izston Osh davlat universiteti, Qirg‘iz -O’zbek xalqaro universiteti, Manas shahridagi Toktomamatov nomidagi Qirg‘iz xalqaro universiteti,Bishkekdagi Qirg‘iz-Turk Manas, Turkiya Yeni Yuz yil universiteti, Qozog‘iston Almata shahridagi QS reytingida 301-400 taligidan joy olgan “Turan” xalqaro universitetlari. Ushbu xorijiy OTM bilan kafedrada yo ‘l haritasi ishlab chiqilgan va yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik yo‘nalishlari:

Ingliz va nemis tillari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish

Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni hamkorlikdatashkil etish

Talaba va ilmiy izlanuvchilar hamda akademik almashinuvilarni tashkillash

Scopus va Web of Science indekslaridagi hamkorlikda ilmiy nashrlar

Hozirgi kunda xorijiy mutaxassislar ishtiroki 6 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 2025 yil 2 oktabrdan 11 oktabrgachaQirg‘zston Osh davlat universiteti va Qirg‘iz -O‘zbek xalqaro universitetidan 1 nafar professor 5 nafar dotsent professor o‘qituvchilar jalb etildi, bular chet tillar kafedrasiga tashrif buyurib, ushbu sanalarda 20 soat dars mashg‘ulotlarini o‘tib berdilar. Shuningdek kafedra o‘qituvchilari uchu seminar mashg‘ulotlarini ham o‘tdilar. Ushu mehmonlar kafedra yig ‘ilishimizda ham qatnashdilar va oquv dastur sillabuslar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalari va takliflarini ham bildirdilar.

2025 yilda kafedrada stajirovka qilgan va malaka oshirishga borgan o‘qituvchilar ulushi 50% tashkil etdi. Kafedra o‘qituvchilari РУДН, Xindiston, Qozog‘izston M.Avezov nomidagi xorijiy OTMlarda muntazam malakalarini oshrib kelmoqda.

Kafedrada horijiy OTMlar bilan hamkorlikda Scopus jurnalidailmiy maqolalar chop etish30 % tashkil etadi.

2026 yil may oyida Xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish rejalashtirilgan. Buning doirasida Qirg’izston respublikasi Qirg‘iz-O’zbek xalqaro universiteti, Manas shahridagi Toktomamatov nomidagi Qirg‘iz xalqaro universiteti,Bishkekdagi top 1000 talika kirgan Qirg‘iz-Turk Manasxalqaro universiteti, Turkiyadagi Yeni Yuz yil universitetlari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazish rejlashtirilgan.Kafedraning saytini ushbu xorijiy OTMlar bilan hamkorlikda “International Cooperation Platform” bo‘limi yaratilmoqda. 2026 yilda “International Week” – xorijiy mutaxassislar ishtirokida ochiq darslar haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xorijiy tillar o‘qituvchilari uchun “International Skills Upgrade markazini tashkil etish ham ustuvor vazifa etib belgilangan.

Mahalliy hamkorlar:

Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti

Andijon davlat universiteti

Qo‘qon universiteti Andijon filiali

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Qo‘qon davlat pedagogika universiteti

Toshkent Renessanse universiteti

Hamkorlik yo‘nalishlari:

Ingliz va nemis tillari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish

Ilmiy seminarlar va konferensiyalarni hamkorlikdatashkil etish

Talaba va ilmiy izlanuvchilar hamda akademik almashinuvilarni tashkillash

Scopus va Web of Science indekslaridagi ilmiy nashrlar

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Izoh: Xalqaro bazalardagi profil linki ko’rsatilgan qatorga Scopus, Web of Science (WoS) va Google Scholar bazalaridagi maqolalarning havolalari keltiriladi

Chet tillari kafedrasining Ustoz-shogird bo‘yicha olib borgan ishlari

Kafedrada “Ustoz-shogird” bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, talaba-yoshlarni ona-vatanga sadoqatli, milliy g‘oya va qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda universitetda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi asosida chet tillari mas’ul professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan ingliz filologiyasi yo‘nalishi talabalari hamda ularning ota-onalari bilan ishlash bo‘yicha kafedrada bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Universitetda talaba-yoshlarni ta’lim olishi, yashashi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bir qator ishlarni amalga oshirdilar.

Ingliz tili yo‘nalishi talabalarining ota-onalariga talabalarning darslardagi ishtiroki, faolligi, fanlarni o‘zlashtirishi, fakultetda o‘tkazilayotgan tadbirlardagi faolligi bo‘yicha “Ijtimoiy-psixologik portreti” to‘g‘risida batafsil ma’lumot berilmoqda.

Universitet “Odob-axloq kodeksi” (7,8,9,10,11,15,16-moddalar) va “Ichki tartib qoidalari” (55-modda)dan talabaning xulq-atvori, burchlari, yurish-turishi va rasmiy muloqot qilishi bo‘yicha moddalarning tegishli qismini o‘qib eshittirildi.

Ota-onaga uning farzandi “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qay darajada rioya etayotgani to‘g‘risida ma’lumot berish.

Kafedrada ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.


Chet tillari kafedrasi professor- o‘qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ham bir qator ishlarni amalga oshirgan. 2025-yil 6-maykuniO‘zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasiga qarashli Farg‘ona shahar“ Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hodimlariga kafedra o‘qtuvchialri “Germaniyada aholining ijtimoiy muhofazasi” nomli ma’ruza o‘qib eshittirganlar.Bu ma’ruza ijtimoiy hodimlar uchun juda qiziqarli bo‘lib, Germaniya ijtimoiy siyosati bu borada ancha ilgarilab ketganligi va ko‘plab tajribaga ega ekanligini ta’kidlab o‘tishdi. “Germaniyada aholining ijtimoiy muhofazasi” nomli ma’ruza hodimlarda iliq taassurot qoldirdi.

Chet tillari kafedrasi mudiri D.Kambarova 25.10.2025 kuni universitetda o‘tkazilgan “Islohotlar bilimdoni” ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yahshi kafedra nominatsiyasi bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovida qatnashgan va universitetda faxrli 2- o‘rinni olgan.

2025 o‘quv yilida kafedra professor o‘qituvchilari muntazam ma’rifat soatlarini o‘tib kelmoqdalar. 2025 yil oktabr oyida «Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 17-martdagi Respublika oliy taʼlimda kadrlash tayyolash yuzasidan zarur chora tadbirlarni amalga oshirish» 41 xdfu sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yicha chet tillari kafedrasi hamda Farg‘ona tumani Oq Bilol qishlog‘i 28- umumiy o‘rta maktab bilan hamkorlik rejasi tuzildi va 2 tomonlama shartnoma tuzildi va tasdiqlandi. Ushbu biriktirilgan maktab va chet tillari kafedrasi o‘rtasida samarali ilmiy-metodik, amaliy va ma’naviy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Rejada chet tillari kafedrasi o‘qituvchilari maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-trening, maktab o‘quvchilari uchun “English Day” tadbirini o‘tkazish, maktab o‘quvchilarning universitetga tashrifini tashkillash, keying o‘rinda ilmiy-uslubiy tajriba almashish ishlarini amalga oshirish nazarda tutulgan bo‘lib, bunda qo‘shma darsliklar, ilmiy maqolalar hamkorlikda chop ettirish belgilangan. Hozirda chet tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida maktab o‘qituvchilariga ilmiy metodik seminarlar o‘tib kelishmoqda.

Chet tillari kafedrasi o‘qituvchisiAsomiddinova Gulbarno Alijonovna vaaxborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi 24-11, 24-12, 24-13- guruh talabalariishtirokida “Talaba bahori - 2025” bayram tadbiri o’tkazdi. Fizika-matematika fakulteti axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishi1-bosqich 24-11, 24-12, 24-13- guruh talabalari 2025-yil 1-may kuniuniversitet miqiyosida har yili o‘tkazib kelinayotgan “Talaba bahori ” ko‘rik-tanlovida turli hil raqslar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlar bilan faol ishtiriok etdilar. Shuningdek, milliy uslubda bezatilgan dasturxon, milliy taomimiz bo‘lgan osh tayorlash , milliy sport turlari musobaqasida ham o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.

Chet tillari kafedra o‘qituvchilari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ull o‘qituvchilarfilologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili yo‘nalishi talabalari ota-onalari bilan muntazam suhbatlar olib boradilar. 27.10.2025 kuni chet tillari fakulteti filologiyava tillarni o‘qitish yo‘nalishi ingliz tili 24.111 guruh talabalari Universitet “Odob-axloq kodeksi” (7,8,9,10,11,15,16-moddalar) va “Ichki tartib qoidalari” (55-modda) dan talabaning xulq-atvori, burchlari, yurish-turishi va rasmiy muloqot qilishi bo‘yicha moddalarning tegishli qismini o‘qib eshittirib tanishtirdim. Ota-onaga uning farzandi “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ga qay darajada rioya etayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdim. Ota-onalarga Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Talabani darslardagi ishtiroki, faolligi, fanlarni o‘zlashtirishi, fakultetda o‘tkazilayotgan tadbirlardagi faolligi bo‘yicha “Ijtimoiy-psixologik portreti” to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan chet tillar kafedrasining tadbiri


Joriy yilning 27-fevral kuni Chet tillari fakulteti professor o‘qituvchilari va talabalari faol ishtirok etgan ushbu mashg‘ulotlar jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratildi. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari davomida yugurish, yurish, nafas olish kabi mashqlar bajarildi. Prezidentimiz tomonidan aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan qaror va farmonlar o‘z samarasini bermoqda.

2020 yil 20 mart kuni Farg‘ona davlat universitetidayangilanish va poklanish, bunyodkorlik va birdamlik siymolarini aks etuvchi “Assalom, Navro‘zi olam!” nomli bayram sayli o‘tkazildi.

Chet tillari professor-o‘qituvchilari ham ushbu bayramda faol qatnashdilar.Talabalarning badiiy chiqishlarida O‘zbekistonning barcha viloyatlarini namoyon etuvchi ajdodlarimizning o‘ziga xos milliy an’analar va urf-odatlar namoyish etildi. So‘ng, bayram tantanasi universitet hududida davom etdi. Bu yerda o‘qituvchi-murabbiylar hamda barcha fakultet talabalari tomonidan tayyorlangan milliy taomlar ko‘rigi o‘tkazildi. Universitetning sport maydonchasida milliy sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek bayram tadbirida milliy qadriyatlar va urf-odatlarimiz aks etgan chiqishlar, milliy taom va liboslar ko‘rgazmalari, bayramona kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Farg‘ona davlat universitetida “Milliy libos – millat faxri” nomli milliy kiyimlar ko‘rgazmasi

Kafedra o‘qituvchilari Farg‘ona davlat universitetida “Milliy libos  millat iftixori” deb nomlangan milliy kiyimlar ko‘rgazmasida qatnashdilar. Respublikamizda, atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida haftaning har juma kuni “Milliy liboslar kuni” keng nishonlanmoqda.

Chet tillar fakulteti talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini

Joriy yilning 30-yanvar kuni chet tillari kafedrasi tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kafedra kunlari doirasida 9 - talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Chet tillari kafedrasi o‘qituvchilari va xodimlari

images/file-1776334269743-60531193.png